Foto: «Daily.afisha.ru»
BMT Bosh assambleyasida (GA) ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yetib kelgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning shahar restoraniga kirishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shahardagi amaldagi sanitariya qoidalariga muvofiq, yopiq joylarga, shu jumladan, ovqatlanish muassasalariga tashrif buyurish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Shunga ko‘ra, vaksina olmagan Braziliya rahbari ko‘chada ovqatlanishga majbur bo‘ldi. Unga sog‘liqni saqlash vaziri Marselo Keyroga, turizm vaziri Jilson Machadu Neto hamda boshqa siyosatchilar hamrohlik qilishdi. Bolsonaru emlanmaganini immun tizimi koronavirusga qarshi tura oladigan darajada kuchli ekanligi bilan izohlagan.
Qayd etilishicha, delegatlarning BMT Bosh assambleyasi zaliga kirishi uchun emlashni tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi. Shunga qaramay, Nyu-York meri Bill de Blazio avvalroq dunyo rahbarlaridan shaharga kelishidan oldin emlanishlarini so‘ragan.
Jair Bolsonaru mamlakatdagi COVID-19 epidemiyasiga qarshi siyosati bilan tanildi. Davlat rahbari bir necha marta koronavirus xavfini past baholab, uning grippdan farqi yo‘qligini aytgan. Bundan tashqari, u shtat gubernatorlarini karantin choralarini yengillashtirishga chaqirgan. Hatto prezident shifoxonadan chiqqaniga ko‘p bo‘lishiga qaramay, jurnalistlar bilan gaplashishdan oldin niqobini yechib tashlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi