11:28 / 24.09.2021
786

Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi

Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi
Foto: «Report.az»
Elbrusda halok bo‘lgan alpinistlar soni 5 kishiga yetdi, 14 kishi qutqarildi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Avvalroq Elbrusda 5400 metr balandlikda 23 kishidan alpinistlar guruhi ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli yordam so‘rab murojaat qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinchalik Favqulodda vaziyatlar vazirligi guruh 19 kishidan iborat ekanligini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, dastlab sakkiz kishi topilgan, ulardan uchtasida tiriklik alomatlari bo‘lmagan, keyin yana to‘qqiz alpinist tirik holda topilgan.

«Elbrus tog‘ida bir guruh alpinistlarni qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida 14 kishi qutqarildi, ular ratraklarda Azau yalangligiga evakuatsiya qilindi va shifokorlarga topshirildi. Afsuski, besh kishi vafot etdi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, FVV operatsiyasi yakunlangan. Ishga 69 kishi va 16 ta texnika jalb qilingan.

Bundan tashqari, qutqaruvchilar ko‘rish masofasi bir metrdan oshmaydigan, shamol tezligi soniyasiga 40-70 metr, kuchli yog‘ingarchilik va harorat minus 20 darajagacha bo‘lgan eng qiyin sharoitlarda ishlaganligi qayd etilgan.

«Guruh joylashgan 5000 metr va undan yuqori balandlikda qidiruv amalga oshirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor shtabi qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish ustida ish olib bordi», — deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi
[/banner_pushhouse