Foto: AFP
Germaniyada 26 sentabr kuni alohida ahamiyatga ega parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi — undan so‘ng mamlakat kansleri o‘zgaradi. Ushbu lavozimda 2005 yildan buyon ishlab kelayotgan Angela Merkel iste’foga chiqadi.
Hozirda Merkel xayrlashuv tashriflarini amalga oshirmoqda. Avgust oyida u Rossiya va Ukrainaga safar qilgandi. 23 sentabr kuni esa Merkel Germaniya shimolidagi saylov okrugiga tashrifi davomida Marlou shahridagi Qushlar parkiga kirib o‘tdi.
U yerda Merkel to‘tiqushlarni ovqatlantirdi, qushlardan biri hech tortinmasdan uning boshiga qo‘nib oldi. Shu tufayli bo‘lsa kerak Merkel boyo‘g‘liga yaqin borishga jur’at etmadi. «Yo‘q yo‘q. o‘zi to‘tiqushlarni yaxshigina epladim», — dedi u boyqushni xavfsiz masofadan kuzatar ekan.
Foto: DPA
Angela Merkel 7 sentabr kuni kansler sifatida so‘nggi marta Bundestag oldida nutq so‘zlagandi. Merkelning nutqi 14 daqiqa davom etgan. Kansler iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, «yashil» energiyani rivojlantirish, terrorizm va kiberjinoyatlarga qarshi kurash haqida gapirgan. Hukumat rahbari fursatdan foydalanib, fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash kursidan o‘tishga yana bir bor chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi