11:12 / 26.09.2021
2 814

Tomskda 11 nafar o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan ayolga hukm o‘qildi

Tomskda 11 nafar o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan ayolga hukm o‘qildi
Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Repost’ning ma’lum qilishicha, yong‘inda aybdor ayolga sud hukmi o‘qilgan.

Qayd etilishicha, Green Wood yog‘ochni qayta ishlash kompaniyasi direktori Sun Anni 4 yilga koloniyali jazoga hukm qilingan.

Ta’kidlanishicha, Sun Anni kompaniya xodimlariga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan binoda yashashni tashkil qilgan. Oqibatda 2020 yilning yanvarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan, 11 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Ayol yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatishda aybdor deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tomskda 11 nafar o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan ayolga hukm o‘qildi