Foto: vk.com
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17—19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan respublika rahbari saylovi natijalari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi — saylovchilarning 99,7 foizi unga ovoz bergan. Bu haqda «Interrekord» rekordlarni ro‘yxatga olish xalqaro agentligi xabar berdi.
«Mintaqa rahbari saylovlaridagi eng ko‘p ovoz — 99,7 foizni Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasi rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovda qo‘lga kiritdi», — deyiladi xabarda.
Checheniston fuqarolarining saylovdagi ishtiroki 94,42 foizni tashkil etdi — Qodirovni Checheniston Respublikasining 711 973 aholisi qo‘llab-quvvatladi. Checheniston rahbarligiga boshqa nomzodlar Xolid Nakayev va Iso Xojimurodov mos ravishda 0,12 va 0,15 foiz ovoz oldi.
25 sentabr kuni Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Davlat Dumasi saylovida g‘alaba qozongan partiya rahbarlari bilan videoselektor uchrashuvi chog‘ida, respublikadagi Rossiya Kommunistik partiyasi va Liberal-demokratik partiyasi qo‘lga kiritgan natijalarni kulib e’lon qilgan.
Putin, o‘z navbatida, bu raqamlar haqiqiy emasdek tuyulishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, agar mintaqada amalga oshirilgan barcha ishlarga, jumladan, Grozniy shahrining qurilishiga nazar tashlansa, u holda saylovchilarning xohish-istaklari tushunarli bo‘ladi.
Checheniston rahbari — Rossiyaning o‘z lavozimini uzoq vaqtdan beri egallab kelayotgan gubernatori. U 2007 yildan buyon Chechenistonni boshqaradi (2011 yil 5 aprelgacha — respublika prezidenti sifatida). Mintaqa rahbari etib tayinlangan vaqtda u 30 yoshda edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?