2 084
Saakashvili Gruziya yerlarini Ozarbayjonga berganlikda ayblanib, sudga tortilishi mumkin
Foto: «Yandeks»
Gruziyaning sobiq prezident Mixail Saakashvili Gruziya hududi go‘yo Ozarbayjonga noqonuniy berib yuborilgani haqida ko‘rib chiqilayotgan «kartograflar» ishi bo‘yicha sudga tortilishi mumkin. Bu haqda mazkur ishda ayblanayotganlardan biri, kartograf Iveri Melashviliga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Melashvilining o‘zi «kartograflar» ishini be’mani, chunki unda jinoyat tarkibi yo‘q, deb hisoblaydi. Avvalroq prokuror Mixail Saralidze jurnalistlarga «ism va familiyasidan qat’i nazar, bu ishga har qanday darajada aloqador bo‘lgan har bir kishi, albatta, so‘roq qilinishini» aytgan. «Bu Mixail Saakashvili bo‘lishi ham istisno qilinmaydi», — degan edi prokuror.
2020 yilning oktabr oyida «kartograflar» ishi bo‘yicha gumonlanib, Gruziya Tashqi ishlar vazirligi xodimi Iveri Melashvili va Ichki ishlar vazirligi xodimi Natalya Ilichova hibsga olingandi.
Ular Saakashvili hukmronligi davrida Gruziya va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegarani belgilashda 1938 yildagi emas, balki 1970 yildan 1980 yilgacha amal qilgan xaritadan foydalanganlikda ayblangan, bu esa chegarani, xususan, Gruziyaning David-Gareja monastir majmuasi joylashgan tumanidagi hududning bir qismining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelgan, natijada 3,5 ming gektar yer Ozarbayjon tomonga o‘tib ketgan.
Sudda ayblanuvchilar 1938 yilgi xarita ko‘plab topografik belgilarni hisobga olmagan holda, noprofessional tarzda tuzilganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, o‘sha paytda Gruziya qo‘lida xaritaning asl nusxasi bo‘lmagan. Sud qaroriga ko‘ra, 2021 yil yanvar oyida Melashvili va Ilicheva garov evaziga ozod qilindi. «Kartograflar» ishi bo‘yicha sudya almashgani munosabati bilan sud avvalroq qayta tiklandi.
Ko‘p yillardan so‘ng Gruziyaga qaytib kelgan Mixail Saakashvili 1 oktabr kuni Tbilisida hibsga olingandi. U hozir Rustavi shahridagi qamoqxonada. Ilgari Gruziyada unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda sud hukmi ham o‘qilgan. Saakashvili kelganidan so‘ng Gruziya Ichki ishlar vazirligi unga qarshi chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha yana bir jinoiy ish ochgan. Avvalroq hibsda Saakashvilining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabar qilindi. Qamoqxonada u ochlik e’lon qilgandi, shu sababli uning oyoqlari shishib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi