
Chapdan o‘ngga: Kursanbek Bektashev, Askarbek Ermekbayev va Chinarbek Nasiyev
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi korrupsiyada gumon qilinayotgan Chegara xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kursanbek Bektashovni hibsga oldi.
Undan tashqari Chegara xizmatining O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Chinarbek Nasiyev va “Do‘stlik” nazorat-o‘tish punkti boshlig‘i Asqarbek Ermekbayev ham hisbga olingan.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, gumonlanuvchilar “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan, shu jumladan, og‘ir yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul undirish bilan shug‘ullangan.
Ular Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh shahri va O‘sh viloyati bo‘yicha vaqtinchalik izolyatoriga olib borilgan. Chegara xizmatining boshqa xodimlarining ushbu korrupsion sxemaga aloqadorligi tekshirilyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar