Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining tarixdagi o‘rni haqida o‘ylamasligini aytdi. Unga ko‘ra, bu qarorlar qabul qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Lekin u prezidentlik faoliyati davomida ma’lum natijalarga erisha olganiga ishonishni ta’kidladi.
Jumladan, «Valday» forumida Putin eng katta natija sifatida milliy qashshoqlik darajasini ikki baravarga kamaytirishga erisha olganini qayd etgan.
«Biz nimaga erishdik. Bizda qashshoqlik chegarasida 40 million odam bor edi. Bugungi har xil hisob-kitoblarga ko‘ra, 19 yoki 20 milliondan ko‘proq qashshoq odam bor. Lekin 40 million emas. Bu, ehtimol, eng katta natijadir», degan Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, iqtisodiyotni tiklash, terrorizmga qarshi samarali kurashda ham o‘zining xizmatlari bor, deb bilishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi