12:30 / 27.10.2021
2 178

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Seul shahrida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbir davomida Interpolning Koreyadagi Milliy markaziy byurosi xodimlari ko‘magida qidiruvda bo‘lgan Yu.U. Seuldagi chegara nazorat punktidan o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga asosan, katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yu.U. Koreya hududida bo‘la turib, O‘zbekiston firmalari birining vakili bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Yu.I.ning ishonchiga kirib, Janubiy Koreyada ishlash uchun odam topib berishini taklif qilgan.

Fuqaro Yu.I. chet davlatda ishlashni istaganlarni topib, ular banklar orqali fuqaro Yu.U.ning hisob raqamiga 507.708.000 so‘m (54.600 AQSH dollari) o‘tkazib yuborgan, evaziga esa u Janubiy Koreyada ishlash uchun taklifnomagina jo‘natib turgan, shundan so‘ng noma’lum joyda yashirinib yurgan. Hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi