Dengiz tubidan yo‘qolgan shahar izlari topildi

Dengiz tubidan yo‘qolgan shahar izlari topildi

Buyuk Britaniyaning Norfolk grafligi sohillarida g‘avvoslar qariyb 700 yil avval dengiz ostida qolib ketgan o‘rta asrlarga oid Shipden aholi punkti izlarini o‘rgandi.

Kromer shahri yaqinidagi dengiz tubidan 25 ta sun’iy inshoot qoldig‘i aniqlanib, ular suratga olindi va xaritaga tushirildi. Topilmalar orasida chaqmoqtoshdan qurilgan devorsimon tuzilmalar, toshdan yasalgan konstruksiyalar va boshqa kesilgan tosh bo‘laklari bor. Ayrim inshootlar bir necha asr suv ostida qolganiga qaramay, qisman saqlanib qolgan.

Tadqiqotchilar hozircha ushbu inshootlarning aniq vazifasini belgilamagan. Ular dengizdan himoyalanish inshootlari yoki XIV asrda qurilishi rejalashtirilgan pirs bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu versiyalar hali yakuniy xulosa sifatida qabul qilinmagan.

Shipden 1086 yilda tuzilgan “Domesday Book”da ham qayd etilgan. O‘sha davrda aholi punktida 117 kishi yashagani, port va ikkita cherkov bo‘lgani ma’lum. Keyinchalik sohil eroziyasi va bo‘ronlar tufayli aholi punkti asta-sekin dengizga yutilib ketgan.

Qizig‘i, g‘avvoslar mahalliy afsonalarda tilga olinadigan cherkov qoldiqlarini hozircha aniqlay olmagan. Tadqiqotchilar topilmalarni tarixiy hujjatlar bilan taqqoslab, Shipden'ning haqiqiy joylashuvi va taqdirini aniqlashda davom etmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar