Angela Merkel kansler lavozimidan ketgach nima qilmoqchi?

Foto: CSN-TV
Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel katta siyosatdan ketgach, nimalar bilan shug‘ullanmoqchi? Nemis jurnalistlari savolga oydinlik kiritishdi.
Merkelning aytishicha, hammadan ko‘p xotirjam sayohat qilish va mutolaa qilishni sog‘ingan. Bu haqda «Frankfurter Allgemeine Zeitung» gazetasi yozmoqda.
«Kansler sifatida ayrim narsalardan mahrum edim. Istaganimcha sayohat qilish, kitob o‘qish yoki 20 daqiqadan so‘ng taqdirlarni hal etuvchi hech narsa sodir bo‘lmasligini his qilgan holda bo‘sh vaqtimda yana nimalar bilandir shug‘ullanish. Shuni kutyapman», — dedi Merkel jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr sanasida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkelga uning vakolat muddati tugashi haqidagi xabarnomani topshirgandi. Yangi kansler aniq bo‘lguniga qadar, Merkel Germaniyani vaqtincha idora qilib turadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel katta siyosatdan ketgach, nimalar bilan shug‘ullanmoqchi? Nemis jurnalistlari savolga oydinlik kiritishdi.
Merkelning aytishicha, hammadan ko‘p xotirjam sayohat qilish va mutolaa qilishni sog‘ingan. Bu haqda «Frankfurter Allgemeine Zeitung» gazetasi yozmoqda.
«Kansler sifatida ayrim narsalardan mahrum edim. Istaganimcha sayohat qilish, kitob o‘qish yoki 20 daqiqadan so‘ng taqdirlarni hal etuvchi hech narsa sodir bo‘lmasligini his qilgan holda bo‘sh vaqtimda yana nimalar bilandir shug‘ullanish. Shuni kutyapman», — dedi Merkel jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr sanasida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkelga uning vakolat muddati tugashi haqidagi xabarnomani topshirgandi. Yangi kansler aniq bo‘lguniga qadar, Merkel Germaniyani vaqtincha idora qilib turadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…