
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi MMA jangchisi Usmon Nurmagomedovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Ish Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi («Davlat mansabdor shaxsiga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash») bilan qo‘zg‘atilgan.
Nurmagomedov haydab ketayotgan avtomobil Kaspiysk aeroporti yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktida politsiyachini urib yuborgan. Sportchi allaqachon Moskvada hibsga olingan. Usmon Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda "Toyota Camry" rusumli avtomobil Kaspiysk aeroportiga qanday yo‘l olgani aks etgan. Unga ko‘ra, haydovchi politsiya xodimining to‘xtash haqidagi talablariga e’tibor bermay harakatni davom ettirgan va yordamga kelgan boshqa huquq-tartibot xodimini urib yuborgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar