17:52 / 18.11.2021
2 175

Bill Geyts pandemiyaning kuchsizlanish muddatini prognoz qildi

Bill Geyts pandemiyaning kuchsizlanish muddatini prognoz qildi
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2022-yilning o‘rtalariga borib koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari mavsumiy gripp darajasidan pastga tushib ketishini prognoz qilmoqda. Bu haqda milliarder Singapurda o‘tkazilgan Bloomberg New Economy forumida ma’lum qildi, deb xabar beradi «RBK».

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning yaxshilanishiga tabiiy va vaksinatsiya natijasida paydo bo‘lgan immunitetlar, shuningdek, ichiladigan dori vositalarining yaratilishi turtki beradi. Shu bilan birga, biznesmen o‘zining prognozi amalga oshishi uchun yaqin yarim yilda ancha xavfli shtammlar paydo bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Geyts keyingi olti oyda vaksinalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish masalalari muammoli bo‘lmasligini, logistika bilan bog‘liq alohida holatlar saqlanib qolishini taxmin qilgan.

Sentabr o‘rtalarida Geyts insoniyat hozirgidan «o‘n barobar yomonroq» bo‘ladigan yangi pandemiyaga tayyorlanishi kerakligini gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 100 kun ichida vaksina tayyorlashni o‘rganib olish, shuningdek, uning jahon iste’molini qoplashga imkon beradigan ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lish kerak.

«Keyingi pandemiyani to‘xtatish uchun yiliga o‘nlab milliard dollar sarflash talab etiladi — ko‘proq investitsiya, ammo yodda tuting, COVID-19 pandemiyasi hisob-kitoblarga ko‘ra, butun dunyoga 28 trillion dollarga tushadi. Dunyo trillionlab dollarni saqlab qolishi (va millionlab o‘limlarning oldini olishi) uchun milliardlar sarflashi kerak», — deb yozgandi milliarder yanvar oyida.

Shu bilan birga, Geyts uni koronavirusni yaratish va Yer aholisini chiplashtirishda ayblagan fitna nazariyasi tarafdorlariga javob qaytargandi. «Noto‘g‘ri ma’lumotlar vaksinatsiyalarga xalaqit beradi, buning natijasida pandemiya uzoqroq davom etadi», — degandi biznesmen.

Oktabr oxirida AQSHda chiqqan Journal of Hospital Medicine jurnalida Nyu-York universitetining Tibbiyot maktabi doktori Leora Xorvis rahbarligidagi olimlar guruhining tadqiqoti e’lon qilingandi. Unda ta’kidlanishicha, koronavirus asoratlari oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari pandemiya boshi bilan taqqoslanganda uch barobarga tushib ketgan. 2020-yilning boshida COVID-19 ga chalinganlarda o‘lim xavfi 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 7,6 foizga teng. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu baribir mavsumiy grippdan ko‘p demak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts pandemiyaning kuchsizlanish muddatini prognoz qildi