Janubiy Koreya hukumati korrupsiyada ayblangan sobiq prezident Pak Kin Xeni afv etdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qilmoqda.
Sobiq prezidentni avf etish bo‘yicha tegishli qaror uning sog‘lig‘ini hisobga olgan holda, gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilingan. 2019 yilda Pak Kin Xe yelkasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi, 2021 yilda esa sobiq prezident yelkasi va umurtqa pog‘onasidagi surunkali og‘riqlar tufayli bir necha bor shifoxonaga yotqizilgandi.
Pak Kin Xening prezidentligi 2017 yilda impichment jarayonidan so‘ng to‘xtatilgan edi. U korrupsiyada ayblanib, 2018 yilning aprel oyida qamoq jazosiga hukm qilingan. Prokuratura uni 30 yil qamoq va 118,5 milliard von (taxminan 95 million dollar) miqdorida jarimaga tortishni so‘ragan.
Sud esa 24 yil qamoq va taxminan 95 million dollar jarimaga hukm qilgandi.
South China Morning Postning qayd etishicha, Janubiy Koreyaning so‘nggi prezidentlarining barchasi muddati tugaganidan keyin qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi