Foto: Reuters
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yetib bormagan to‘rtta mamlakat qoldi. Jumladan, hukumatlari birorta ham koronavirus yuqtirish holatini tasdiqlamagan dastlabki ikki mamlakat Turkmaniston va Shimoliy Koreyadir.
Turkmanistonda pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatga kirishga qat’iy cheklovlar o‘rnatilgan. Iyulda 18 yoshdan katta barchani majburan emlash kampaniyasi boshlangan. Hozirda respublika aholisining 80 foizi emlab bo‘lingan.
KXDRda ham pandemiyaga qarshi turish uchun qat’iy karantin joriy etilgan. Mamlakat birinchilardan bo‘lib yo‘lovchilar tashishni taqiqlagan, xorijdan keltiriladigan mahsulotlar dezinfeksiya qilinadi. Ovqatlanish muassasalarida beshdan ortiq kishi guruh bo‘lib to‘planishi mumkin emas, niqob taqish, qo‘llarni dezinfeksiya qilish majburiy.
Okeaniyadagi yana ikki davlat koronavirusdan xoli mamlakat bo‘lib turibdi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, bular aholisi 10,9 ming kishini tashkil etuvchi Nauru hamda 11,7 ming kishi yashovchi Tuvalu davlatlaridir.
Nauruda favqulodda holat joriy etilgan – orolga keluvchilar ikki haftalik karantinda bo‘lishi majburiy, boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlar to‘xtatilgan. May oyida Nauru hukumati 108 foiz aholini emlab, rekord o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu xato emas, gap shundaki, aholidan tashqari, orolga kelgan turistlar ham emlangan.
Tuvaluda ham favqulodda holat e’lon qilingan: mamlakatga kirish cheklangan, karantin joriy etilgan. Chegara faqat zarur mahsulotlar olib keluvchi kema va samolyotlar uchungina ochiq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi