23:00 / 30.12.2021
1 387

Masjidul harom va Masjidi Nabaviyda cheklovlar qaytadan joriy etildi

Masjidul harom va Masjidi Nabaviyda cheklovlar qaytadan joriy etildi
Masjidul harom va Masjidi Nabaviyda bugundan e’tiboran ijtimoiy masofaga rioya etilishi talab qilinmoqda. Ikki muqaddas masjid ishlari boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu chora koronavirusga chalinish holatlari ortgani bilan bog‘liq.

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi doirasida 15 oktabrda Masjidul harom va Masjidi Nabaviyning ibodat uchun to‘liq ochilishiga qaror qilingan edi.

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, endi ochiq va yopiq joylardagi barcha tadbirlarda niqob taqilishi va ijtimoiy masofaga rioya etilishi zarur.

Mamlakatda shu paytgacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlarning soni 555 mingga yaqinlashdi, xususan, chorshanba kuni 744 ta yangi holat aniqlandi. Bemorlardan 8,8 mingdan ziyodi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Masjidul harom va Masjidi Nabaviyda cheklovlar qaytadan joriy etildi