Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat jinoyat kodeksi 175-moddasi 1-bandi (davlatga xiyonat) ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshlagan. Ish doirasida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov va yana boshqa shaxslar qo‘lga olingan.
«Tergov olib borilayotgani sabab boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rasmiy saytida. Masimov 6 yanvar kuni o‘z lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini sobiq Davlat qo‘riqlash xizmati rahbari Yermek Sagimbayev egallagandi. Masimovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Nursulton Nazarboyevning jiyani bo‘lmish Samat Abish ham ishdan olingan.
1965 yilda tug‘ilgan general-leytenant Karim Masimov 2016 yil 8 sentyabrdan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasini boshqarib kelayotgandi. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Masimov 2007-2012 hamda 2014-2016 yillarda Qozog‘iston bosh vaziri, 2012-2014 yillarda Qozog‘iston prezident administratsiyasi rahbari bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar