Foto: Reuters
Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining omikron shtammiga nisbatan samaradorligi Pfizer vaksinasidan yuqori bo‘lib chiqdi. Bu haqda Italiyaning Spallanzani instituti olimlari Rossiyaning Gamaleya markazidagi hamkasblari bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga tayanib, Reuters xabar berdi.
Olimlar «Sputnik V» va Pfizer vaksinalarining omikron shtammiga qarshi beradigan immun javobi darajasini solishtirdi. Tadqiqot «Sputnik V» va Pfizer vaksinasi bilan emlangan kishilarning qon zardobidagi solishtirma namunalari asosida o‘tkazildi. Bu odamlardagi IgG antitanalarining darajasi va virusni zararsizlantirish faolligi Uxanda aniqlangan asl shtammnikiga o‘xshash edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 51 kishida vaksinaning ikkinchi dozasidan 3—6 oy o‘tgach olingan namunalar «Sputnik V»ning ikki dozasi bilan emlanganlarda antitanalar darajasi omikronga nisbatan Pfizer bilan emlanganlarga qaraganda chidamliroq ekanini ko‘rsatdi.
«‘Sputnik V’ vaksinasi o‘zida omikron shtammiga (B.1.1.529) qarshi virusni zararsizlantiradigan antitanalarning titri Pfizer vaksinasining ikkita in’eksiyasiga nisbatan ikki baravar yuqoriligini ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
«Sputnik V» bilan emlangan tadqiqot ishtirokchilarining 74,2 foizining qonida omikron shtammi zararsizlangan, Pfizer uchun esa bu ko‘rsatkich 56,9 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, maxsus IgG antitanalarining eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarda omikronni zararsizlantiruvchi antitanalar «Sputnik V» bilan emlanganlarning 100 foizida, Pfizer bilan emlanganlarning 83,3 foizida aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi