Foto: «RIA Novosti»
Rossiyaning COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida mamlakatda yana 98 040 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 9 224 kishiga yoki 10,4 foizga ko‘p. Rossiyada COVID-19 bilan kunlik kasallanishlar soni bir haftadan buyon rekordlarini yangilamoqda.
Tezkor shtab ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutkada infeksiyani yuqtirish bo‘yicha Moskvada 23 994 ta yangi holat qayd etilgan, Sankt-Peterburgda esa 13 976 ta holat ro‘yxatga olingan.
O‘tgan kun davomida Rossiyada 14 046 kishi COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan, bu ham shu vaqtga qadar qayd etilgan maksimal ko‘rsatkich. Shu bilan birga, Moskvada kunlik kasalxonaga yotqizishlar soni 1459 dan 1383 gacha kamaygan.
Mamlakatda o‘tgan bir kecha-kunduzda 673 kishi, jumladan Moskvada 74 kishi infeksiya oqibatida vafot etgan.
Pandemiya boshlangandan beri Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 11 502 657 kishiga yetdi. COVID-19 tashxisi bilan jami 329 443 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deyiladi xabarda.
27 yanvar kuni Rossiyada 88 816 kishida koronavirus aniqlangan edi. Shuningdek, mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 25 yanvar holatiga 74 692 kishini, 24 yanvar holatiga 65 109 kishini, 23 yanvar holatiga 63 205 kishini, 22 yanvar holatiga 57 212 kishini tashkil etib, mamlakatda har kuni COVID-rekordlar o‘rnatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi