Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning oilasi mamlakat hududida ekanligi va ayni vaqtda bu yerni tark etmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Mening oilam, men bilan va hamisha Ukraina bilan birga qoladi. Men prezidentman, rafiqam shunchaki turmush o‘rtoq emas, u mamlakatning birinchi xonimi. U barchaga oila qiyin pallada o‘zini qanday tutishi kerakligi borasida o‘rnak bo‘lishi lozim... Bu mamlakat va jamiyatimiz uchun juda muhim masala», – deya jurnalistlar tomonidan Ukrainadan chiqib ketayotgan biznesmenlar va siyosatchilarning oilalari haqida berilgan savolga javob bergan Zelenskiy.
Zelenskiy 13 fevralning o‘zida Ukrainadan 30 ta samolyot uchib ketganini qo‘shimcha qildi.
«Menimcha, Ukrainada ishonchli odamlar qoldi. Ukraina fuqarolari shu yerda va men ularning hammasiga minnatdorlik bildiraman», – degan Ukraina prezidenti.
Shuningdek, Zelenskiy respublikadan chiqib ketgan biznesmenlar va siyosatchilardan mamlakatga 24 soat ichida qaytishni so‘rab, birlashish vaqti kelganligini qayd etdi.
«Mamlakatimiz menejmentiga, chegara yaqinidagi odamlarga, ayrim partiyalar deputatlariga asosiy e’tiborni qaratmoqchiman, ularni nomma-nom sanamoqchi emasman, ularning qanday odamlar ekanini yaxshi tushunib turibsiz. Bu jiddiy chaqiriq deb o‘ylayman. Biz ularga adolatli signal berishimiz zarur. Avvalo Oliy Radadan, spikerdan, davlatdan va shaxsan o‘zimdan yaqin 24 soat davomida mamlakatdan chiqib ketgan yaqin qarindoshlarni qaytarishga chaqirishni so‘rayman» – degan Zelenskiy.
U nutqi so‘ngida Ukraina uchun muhim palla kelgani, bu mamlakat birlashadigan vaqt ekanligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda