
Foto: Anadolu
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Reuters va CNN’ga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Toʻliq video Ukraina etakchisining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan.
«Dunyo Rossiya prezidenti bilan muzokaralar stolida oʻtirishga hali tayyorlar bor vaqtda uni muzokaralar stoliga oʻtqazish kerakligini tushunib turibdi va men ham», — deydi Zelenskiy.
Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya tomoni bilan muzokaralar boshlashning dastlabki shartlarini aytib oʻtgan. «Eng kamida odamlarni bombardimon qilishni toʻxtatish kerak, shunchaki bombardimonni toʻxtatish va shundan soʻng muzokaralar stoliga oʻtirish lozim», — deydi u.
Zelenskiyning ma'lum qilishicha, ukrainaliklar «umrining oxirigacha» kurashadi. «Chunki biz oʻz uyimizdamiz. Biz bolalarimiz, uyimizni himoya qilyapmiz. Biz buni chin koʻngildan amalga oshiryapmiz. Oʻylaymanki, bugungi kunda oʻzlari himoyaga muhtoj boʻlgan farzandlarimiz kelajagi uchun barchasini himoya qilishimiz kerak», — deydi prezident.
Zelenskiy, shuningdek, NATOga a'zo davlatlarni Ukrainaning harbiy alyansga qabul qilinish istiqboli bor yoki yoʻqligi boʻyicha aniq javob berishga chaqirgan. Agarda alyans bu kabi istiqbolga tayyor boʻlmasa, prezidentning ta'kidlashicha, NATO davlatlari Ukraina hududi va chegaralari daxlsizligi uchun huquqiy xavfsizlik kafolatlarini berishi kerak.
Vladimir Zelenskiy1 Muzokaralar boshlash sharti1 Vladimir Putin bilan1 Bombardimon qilishni to‘xtatish1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!