00:06 / 03.03.2022
1 737

Bayden Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini alyans va Kiyev hal qilishini aytdi

Bayden Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini alyans va Kiyev hal qilishini aytdi
Foto: Reuters
Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasini alyans va Kiyevning o‘zi hal qilishi kerak. AQSH prezidenti Jo Bayden ana shunday fikr bildirdi.
AQSH yetakchisining fikricha, buni "shubhasiz" NATO va Ukraina hal qilishi lozim.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson alyans Rossiya bilan to‘qnashuvga bormasligini bildirgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukrainaga qo‘shin yoki harbiy samolyotlar yubormaydi.

"Gap faqat mudofaa tusidagi choralar to‘g‘risida bormoqda. Bu aniq-tiniq yangrashini istayman: biz Ukrainadagi Rossiya kuchlari bilan jang qilish niyatida emasmiz va bizning mamlakatlarimiz jo‘natayotgan kuchlar qat’iyan NATOga a’zo davlatlar chegarasida joylashtiriladi. Bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng to‘g‘ri ish", - dedi Jonson.

Bayden1, Ukraina1, NATOga aʼzolik1, Rossiya1, Harbiy samolyot1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini alyans va Kiyev hal qilishini aytdi