1 993
Urushning 8-kuni: Gumanitar yo‘laklar ochishga kelishildi. Urush «reja bo‘yicha ketmoqda»
Chernigovdagi o‘qqa tutilgan turar joy binosi, 3 mart.
Foto: Reuters
Ukrainadagi urush sakkiz kundan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatni bir milliondan ortiq odam tark etgan. O‘t ochishlar davom etayotgan shaharlardagi vaziyat gumanitar falokatga yaqin. Meduza 3 mart kuni yuz bergan asosiy voqealar va urush zonasidan olingan fotosuratlarni taqdim etdi.
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar boshlanishdan oldin Rossiya delegatsiyasi «harbiy-texnik, gumanitar-xalqaro va siyosiy» masalalarni muhokama qilish niyatida ekanini bildirgan bo‘lsa, Ukraina delegatsiyasi uchrashuvni gumanitar yo‘laklarning minimal dasturi muhokamasi deb atagan. Yakunda maxsus minimal dastur bo‘yicha qarorlar qabul qilingan: unga ko‘ra, o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish bilan tomonlar odamlarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar yaratish hamda «eng shiddatli janglar kechayotgan joylarga oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi» — lekin kelishuv faqat evakuatsiya tugaguncha va faqat tegishli hududlarda amal qiladi.
Ikkala tomon ham tez orada muzokaralarning uchinchi raundini o‘tkazishga umid bildirdi; Rossiya delegatsiyasi unda parlament tasdig‘ini talab qiladigan ayrim kelishuvlar muhokama qilinishiga shama qildi. Ukraina delegatsiyasi a’zosi, prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning Meduza’ga aytishicha, Ukraina «yaqin vaqt ichida o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik bo‘yicha jiddiy kelishuvlarga erishmoqchi».
Kiyev viloyati, Borodyanka posyolkasida ishdan chiqarilgan harbiy texnika.
Foto: Reuters
Ukraina harbiylari eski «Jiguli»da olib kelingan qurollarni ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: AFP
Vladimir Putin urushni tugatmoqchi emasga o‘xshaydi. Putin Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida so‘zga chiqib, rossiyaliklarni «maxsus harbiy operatsiya reja bo‘yicha» ketayotganiga ishontirdi va halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga 5 million rubldan to‘lovlarni va’da qildi. «Hozir Ukraina hududida bizning askar va ofitserlarimiz Rossiya uchun kurashmoqda, G‘arb tomonidan yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegaralarimizda yaratilgan anti-Rossiya bizga xavf solmasligi uchun jang qilmoqda», — dedi u.
Putinning kayfiyatini uning Emmanuel Makron bilan telefon suhbatidan keyin fransuz OAVlari ham tasdiqladi. «Prezident (Makronning) fikricha, prezident Putinning unga aytganlarini hisobga olsak, eng yomoni hali oldinda... Rossiyaning maqsadi butun Ukrainani egallab olish», — dedi manbalardan biri BFM telekanaliga. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Makronni «raketa hujumlari davom etayotgani, Kiyev hamda Ukrainaning boshqa shaharlari bombardimon qilinayotgani haqidagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, bular Rossiyaga qarshi dezinformatsiya kampaniyasining elementlari», ekaniga ishontirdi.
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari askari Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punktida.
Foto: Reuters
Ukraina shaharlarini o‘qqa tutish va janglar davom etmoqda. Ukraina Favqulodda xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Chernigovda kun davomida vayronalar ostidan 33 kishining jasadi, 18 nafar yarador topilgan. Xarkovdagi otishma oqibatida kamida 13 kishi jarohat olgan. Janglar Energodarda davom etmoqda, bungacha Kiyev yaqinidagi Bucha va boshqa joylarda mahalliy aholi rus kolonnasining yo‘lini to‘sishga chiqqan.
Ukrainaning boshqa yirik shaharlari kabi Chernigovda har kuni otishmalar davom etmoqda.
Foto: Reuters
Kiyev esa urush boshidan beri muntazam o‘qqa tutilmoqda.
Foto: AP Photo
Vladimir Zelenskiy Rossiya reparatsiyaga tayyorlanishi kerakligini aytdi va Putinni «o‘tirib gaplashib olishga» chaqirdi. Ukraina prezidenti Rossiya «reparatsiya» (bir davlat boshqa davlatga yetkazgan zarari uchun to‘lov) va «kontributsiya» (urushda mag‘lub bo‘lgan davlat g‘olib davlatga to‘laydigan tovon) atamalarini o‘rganishi va Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashi kerakligini aytdi. Keyinchalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida u hissiyot bilan Rossiya prezidentiga murojaat qildi:
- Bizdan nima istaysan? Yurtimizdan ket! Agar hozir ketishni istamasang, men bilan muzokara stoliga o‘tir, meni vaqtim bemalol. Lekin Makron, Shols va boshqalar kabi 30 metr uzoqlikda emas. Qo‘shningman-ku! Men bilan 30 metr masofa saqlash shart emas. Tishlab olmayman. Men ham oddiy odamman. O‘tir, gaplash, nimadan qo‘rqyapsan? Biz hech kimga tahdid qilmayapmiz, terrorchi emasmiz. Banklarni egallab olmayapmiz, birovlarning yerlarini tortib olmayapmiz, — dedi Zelenskiy.
Kiyevning ko‘plab aholisi, asosan ayollar va bolalar shaharni tark etishga urinmoqda.
Foto: AP Photo Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”