Karim Masimov / Foto: Deutsche Welle
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi qo‘mitaning sobiq raisi Karim Masimov ustidan tergov jarayoni bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.
2016 yilgacha Qozog‘iston bosh vaziri bo‘lgan, 2016–2022 yillarda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasini boshqargan Karim Masimov 2022 yil yanvaridagi namoyishlar fonida davlatga xiyonatda ayblanib qamoqqa olingan edi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Masimov va boshqa shaxslarga nisbatan davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rish va mansab vakolatlaridan chetga chiqishda gumon qilinib, jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. Tergov davomida Masimovning harakatlarida ko‘plab korrupsiya belgilari ham aniqlangan.
“Mamlakatimiz ishbilarmon doiralari va xorijiy sub’ektlardan ko‘chmas mulk, qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, madaniy boyliklarni, katta miqdordagi mablag‘larni noqonuniy ravishda olish holatlari hujjatlashtirilgan. Xususan, Masimov yopiq shartnomalardan biri bo‘yicha MXQ raisi lavozimida xorijiy davlat vakillaridan 2 million AQSH dollari miqdorida pora olgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu mablag‘larning Honkongdan Qozog‘iston Milliy bankiga qaytarilishi ta’minlandi”, deyiladi qo‘mita rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Karim Masimov bosh vazirlik davrida biznes tuzilmalarining biridan poytaxtda joylashgan, qiymati qariyb 2,5 milliard tenge bo‘lgan hashamatli mehmon uyi va yer uchastkasi olgani yuzasidan ham tergov boshlangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, sobiq amaldor hibsga olinganidan so‘ng 2022 yil yanvar oyida ushbu mehmon uyidan 17,2 million AQSH dollari miqdorida naqd pul, shuningdek, ko‘plab hashamatli buyumlar – qimmatbaho soatlar, tilla quymalar, noyob buyumlar va boshqa ko‘p narsalar olib qo‘yilgan.
Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Bundan tashqari, gumondorga tegishli 11 ta qimmatbaho biznes-klass avtomashinasi musodara qilingan.
Shu bilan birga, Karim Masimovning Nur-Sultondagi ikkita hashamatli kvartirasi, Olmaotadagi ikkita kvartira va dala hovli, shuningdek, Borovoye kurortidagi ko‘l bo‘yida joylashgan 1 gektar yer uchastkasiga hibs solingan.
Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Foto: Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Qo‘mita bayonotida Karim Massimovning yaqinlaridan 5,1 million dollar musodara qilingani, shu bilan birga, Masimov va uning atrofidagilar tomonidan chet elga noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan bundan ham yirikroq mablag‘larni qidirish, hibs solish va Qozog‘istonga qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur faktlar bo‘yicha faol tergov-tezkor tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Rasmiy axborotga Karim Masimovdan olib qo‘yilgan hamda musodara qilingan naqd pul va qimmatbaho buyumlarning suratlari ilova qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi