07:56 / 23.03.2022
3 135

Putin zaharlanishdan qo‘rqib oshpazi va tansoqchilarini ishdan chetlashtirgani aytilmoqda

Putin zaharlanishdan qo‘rqib oshpazi va tansoqchilarini ishdan chetlashtirgani aytilmoqda
Foto: RIA Novosti
The Daily Beast’ning Rossiya hukumatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Putin fevral oyida prezident xavfsizlik xizmatidagi va saroyidagi 1000 nafar xodimni almashtirgan.

Fransiyaning tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasining ismi sir tutilgan tezkor xodimi The Daily Beast nashriga Ukraina bosqini Vladimir Putinning hayotiga suiqasd uyushtirilishi ehtimolini oshirganini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti o‘tgan oyda zaharlanishdan qo‘rqib, shaxsiy xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan qariyb 1000 nafar xodimni almashtirgan. The Daily Beast Rossiya hukumatidagi manbaga tayangan holda ishdan bo‘shatilganlar orasida tansoqchilar, oshpazlar, kir yuvish xizmati xodimlari va kotiblar borligini aytmoqda.

Amerikalik senator Lindsi Grem Rossiya prezidentini o‘ldirishga da’vat qilishgacha borgan, Janubiy Karolinadan saylangan kongresmenning bu so‘zlari respublikachilarning muhokamalariga sabab bo‘lgandi.

Senator Daily Beast’ga bu ish xorij hukumati tomonidan amalga oshirilmasligini ta’kidlagan.

Urushga chek qo‘yishning yagona chorasi Rossiyada kimdir bu yigitni o‘rtadan olib tashlashidir. Bu ishni Kremlning ichkarisidan kimdir amalga oshirishi kerak. Rus razvedkasi, ehtimol, odamlarni o‘ldirish uchun zahardan foydalanadigan maxsus xizmat hisoblanadi”, deb aytgan Lindsi Grem.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin zaharlanishdan qo‘rqib oshpazi va tansoqchilarini ishdan chetlashtirgani aytilmoqda