08:00 / 04.04.2022
1 661

Peskov: Putin Rossiyaning haqiqiy brendi bo‘ldi

Peskov: Putin Rossiyaning haqiqiy brendi bo‘ldi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinni mamlakatning haqiqiy brendi deb hisoblaydi. Kreml vakili buni prezidentni fuqarolar tomonidan misli ko‘rilmagan darajada qo‘llab-quvvatlanayotgani bilan tushuntirdi.

Bizda har holda brend – Putin, bu haqiqatdan shunday”, - dedi Peskov "Belarus-24" telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbarini qo‘llab-quvvatlash darajasi Ukrainadagi maxsus harbiy boshlanganidan buyon sezilardi o‘sgan va 80 foizdan oshib ketgan.

Ehtimol, mutaxasssis jamiyatshunoslar va siyosatshunoslar mening fikriga qo‘shilishadi: u yoki bu lavozimda qariyb 22 yil hukumat tepasida bo‘lish va aholining 80 foizdan ziyod madadiga ega bo‘lish – buni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritish mumkin, bu ulkan darajadagi qo‘llab-quvvatlash”, - dedi Kreml vakili.

Peskov Rossiya yetakchisi bu qo‘llab-quvvatlashlardan kuch olishini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: Putin Rossiyaning haqiqiy brendi bo‘ldi