14:55 / 05.04.2022
2 973

Germaniya prezidenti Rossiya bilan siyosatda xatolar qilganini tan oldi

Germaniya prezidenti Rossiya bilan siyosatda xatolar qilganini tan oldi
Germaniya prezidenti Frank-Volter Shtaynmayer birinchi marta Rossiya bilan bog‘liq siyosatda o‘z xatolari va noto‘g‘ri deya hisoblagan tushunchalari haqida gapirdi.

«Mening «Shimoliy oqim-2» gaz quvuriga sodiqligim aniq xato edi. Hamkorlarimiz ogohlantirganidek, biz Rossiya endi ishonmaydigan ko‘priklarga yopishib oldik», — dedi siyosatchi 4 aprel, dushanba kuni.

Shtaynmayer, shuningdek, Rossiya ishtirokida «Umumiy Yevropa» uyini yaratish muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ham tan olgan. Uning aytishicha, «Vladimir Putinning imperialistik qarashlari bunga halaqit bergan».

Germaniya prezidenti urushdagi bor javobgarlikni Vladimir Putin boshchiligidagi hukumatga qo‘ygan va bu hukumat statusi urushdan avvalgiday bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya prezidenti Rossiya bilan siyosatda xatolar qilganini tan oldi