07:30 / 17.04.2022
3 069

Germaniya vitse-kansleri Rossiya gaziga qo‘yilgan embargo oqibatlaridan ogohlantirdi

Germaniya vitse-kansleri Rossiya gaziga qo‘yilgan embargo oqibatlaridan ogohlantirdi
Foto: Global Look Press
Rossiya gazini yetkazib berishga qo‘yilgan taqiq yaqin kunlarda Germaniyada jamoat tartibining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda mamlakat vitse-kansleri, iqtisod va iqlim himoyasi ishlari vaziri Robert Xabek ma’lum qildi, deb xabar beradi WAZ.

«Zudlik bilan gazga qo‘yilgan embargo Germaniya ijtimoiy hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Shu sababli biz ehtiyot bo‘lib harakat qilishimiz, qadamlarimizni o‘ylab bosishimiz va ularni to‘xtatib qolish holatida bo‘lishimiz kerak», — deydi Xabek.

Vazirning ma’lum qilishicha, Germaniyadagi gaz konlarining katta qismidan foydalanib bo‘lingan. Uning fikricha, suv qonunchiligi sabab slanesli gazni qazib olishda muammo bo‘lishi mumkin, chunki u yer qatlamini faqat gidravlik yorib o‘tish usuli orqali qaziladi. Xabekning ta’kidlashicha, hozircha bu bilan shug‘ullanadigan kompaniya ham yo‘q.

Shu bilan birga, vazir Rossiya energiya tashuvchilaridan bosqichma-bosqich voz kechish imkoni borligini, Germaniya hukumati bu yo‘nalishda muvaffaqiyatli harakatlanayotganini qayd etgan.

Bundan tashqari, Xabek nemislarni Ukraina inqirozi fonida energiya tejamkorligiga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «har doim 10 foizni tejab qolish imkoni bor». «Mablag‘ borasida juda katta ko‘rsatkichni beradigan oddiy choralar bor. Agar xonadoningizni isitib, kechasi pardalarni tushirib qo‘ysangiz, besh foizgacha energiyani tejaysiz. Xonadagi haroratni bir darajaga tushirilsa, ushbu ko‘rsatkich 6 foizgacha chiqadi. Bu u qadar qulay bo‘lmasligi mumkin, biroq siz sovqotmaysiz», — deydi u.

Mart oxirlarida Germaniya Rossiyadan gaz yetkazib berilishidagi uzilishlar bo‘lishi mumkinligi sabab birinchi darajali favqulodda holat ogohlantirish rejimini joriy etdi. Unga ko‘ra gaz iste’moli maksimal darajada qisqartiriladi va gaz bozoridagi vaziyat monitoring qilib boriladi. Uzilishlar yo‘qligiga qaramay, hukumat ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirgan va fuqarolar hamda bizneslarni gaz iste’molini maksimal qisqartirishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya vitse-kansleri Rossiya gaziga qo‘yilgan embargo oqibatlaridan ogohlantirdi