21:57 / 23.04.2022
3 313

“Qo‘rqadigan joyimiz yo‘q”: yaralangan askarlar millatchilar bataloni haqida

“Qo‘rqadigan joyimiz yo‘q”: yaralangan askarlar millatchilar bataloni haqida
Donetsk Respublika travmatologiya markaziga jiddiy yaralangan fuqarolarni ham, harbiylarni ham- hammani olib kelishadi. Travmatik amplutatsiyalar va jiddiy jarohatlarda bemorning har bir daqiqasi frontdagi shifokorlarning qo‘lida. Urush maydonlarida yaralanganlarga qanday yordam ko‘rsatiladi? DXR jangchilari hikoyalari haqida batafsil ushbu reportaj orqali bilib olasiz.

“Yashashga qaror qildim”
Hammasi ham gapirishni xohlamaydi. Tushuning, ular o‘zlari haqida emas, yaqinlari haqida ko‘proq qayg‘urishadi, yana ham kim bilsin”, - deb pichirlab ogohlantiradi hamshira palataga kirish oldidan.
- Men shunday bo‘linmadanmanki, yigitlarga xiyonat qilishlari mumkin.
- Mariupolda bo‘lganman, meni ko‘rsatmang, xohlamayman- u yerda ota-onam bor.
- Meni esa yashiradigan hech nimam yo‘q.

Sergey Butko
Maksim Fukeyev 2015 yildan buyon jang qilgan. Ikki yil oldin sevgan qizi bilan tanishdi. Xizmatdan bo‘shashga qaror qildi. Qurilishda ishlagan, oz bo‘lsada tinch hayotga ko‘nika boshlagan. Biroq, fevralda qaytgan va to‘g‘ri Mariupolga kelgan.

Yigirma oltinchi mart kuni boldirimdan yaralandim. Harbiy piyoda mashinasida bo‘lganman. Nimadir uchib keldi- “chivin” yoki “ari” deb o‘yladim. Mina ekan. Mo‘ljalga oladigan askar ochiq lyukdan tushib omon qoldi. Oyog‘im jarohat oldi. Bor irodamni mushtimga yig‘dim va mashinadan chiqdim. Bo‘lmasa, yoqib yuborishardi. Tezda yordam guruhi yetib keldi”, - deb xotirlaydi jangchi.

Uning aytishicha, millatchilarga past baho berish kerak emas: kuchli qarshilik ko‘rsatishadi, yaxshi qurol va transport bilan ta’minlangan, “Ularning hatto okoplarida internet bo‘lgan”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, millatchilar mahalliy aholi bilan juda yomon munosabatda bo‘lishgan. “Tinch aholi odamlari suv olgani chiqishsa, snayperlar ularni otishardi. Odamlar sovuqda, yerto‘lada, och o‘tirishardi. Biz ularga ovqatlarimiz bilan bo‘lishardik”, - deydi harbiy.

Mariupolni tozalash davom etmoqda
Unga Ilizarov apparatini o‘rnatishgan, chov venalarini tikishgan. Yaqinda yana bir operatsiya bo‘ladi. Biroq Fukleyev optimizmni yo‘qotmagan: “Hammasi rejadagidek”.

“O‘zimiznikilarni tashlab qo‘ymaymiz”
Dmitriy Troyan 2018 yili ko‘ngilli askarlar safiga qo‘shilgan - motorli miltiq brigadasiga tayinlangan. Birinchi jarohatini ikki yil oldin olgan: snayper uning boldirini ko‘zlagan. O‘q kuymuch nevrlari shikastlagan, oyoqda qon aylanishi yomonlashgan i sezuvchanlik kamaygan.

Mariupoldagi "Azovmash" zavodi
Bu yil bahorda undan ikki metr narida granata portlagan. Ikkita ko‘zi shikastlangan. O‘ng ko‘zini hozircha dori-darmonlar bilan davolashyapti, chap ko‘zini esa operatsiya qilish kerak. Ko‘rish qobiliyati tiklanishi yoki tiklanmasligiga kafolat yo‘q. Agar ahvol yomonlashsa, uni Moskvaga jo‘natishadi.

Biz Milliy gvardiya, Ukraina Qurolli kuchlari va “Aydar” millatchilari bataloni bilan to‘qnash keldik. Bizning yo‘nalishimizda ularning 17- tank yarmiyasi harakatlangan. Hammasidan ham qiyini Volnovaxa va Marinkino yaqinida bo‘lgan. Natijada asosiy kuchlar yetib kelgunga qadar chidab berishgan. Bir do‘stim halok bo‘ldi, ikkinchisi qattiq yaralandi. Bir paytning o‘zida ham o‘q otish, ham yaralanganga yordam berish kerak edi. Hechqisi yo‘q, chidadik, - deya hikoya qiladi Dmitriy. – Halok bo‘lganlarni bir haftadan keyin olib ketish mumkin edi. Ular o‘zlarining odamlarini tashlab ketishaveradiku. Mana qanaqa xizmatdoshlar”.

Volnovaxada DXR armiyasi jangchilarini odamlar ko‘zlarida yosh bilan qarshi olgan: “Shuncha yillardan buyon qayerda edingiz?” “Zaxdan yerto‘lalarda bolalar kasal bo‘lishdi. Odamlar ukrain harbiylaridan dori so‘rashgan- berishmagan. Aksincha- talon-taroj qilishgan, hamma narsani o‘g‘irlashgan, dorixonalarni ham”, - deydi Troyan.

Ella
Dimaga o‘xshagan yigitlar biz, oddiy odamlar bilan sakkiz o‘rinlik palatada birga turibdi..., - g‘azablanib shikoyat qiladi qo‘shnisi. – Bu odamlar tilla, ularni qo‘lda ko‘tarib yurish kerak. Bizni fashistlardan qutqaraman deb sog‘lig‘ini yo‘qotgan...
Jangchi e’tibor bermaydi: bu urushda bundan ham yomon jarohat olganlarni ham oyoqqa turg‘izishadi.

Sergey Butkoni mo‘jiza sabab qutqarib qolishgan. 29 martdan buyon jonlantirish bo‘limida. U ham Marinkino yaqinida jarohat olgan: snaryad parchalari ikki oyog‘ini ham jarohatlagan. O‘ng qo‘lini uzib olgan.

Hujum qilayotgan edik. Birinchi navbatda to‘rtta – “ikkiyuztalik”. Keyin men guruh bilan ketdim. Okopga sakrashga ulgurmagan edim, pulemyotchi o‘t ochdi, to‘g‘rimda turgan edi. Nima bo‘ldi, anglay olmay qoldim, qarasam qo‘lim yo‘q”, - deydi askar. Uni o‘t ochish maydonidan olib chiqishgan, jgut bilan bog‘lab qo‘yishgan. Otishma tinmas, uni ikki soatdan keyin urush maydonidan olib ketishgan.

Sergeyning kelajakda rejalari hozircha yo‘q. Tinch zamonlarda qurilishda ishlagan. Yetim qolgan- otasi bolaligida vafot etgan, onasi esa Sergey o‘smir yoshda bo‘lganda ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lgan. “Hammada bo‘lgani kabi, tanishlarim, o‘rtoqlarim bor. Ammo ulardan ko‘p narsa kutmayman.Faqat o‘zimga ishonaman”, - deydi askar.

Tibbiy rota
Jarohatlanganlarga birinchi yordamni frontdagi shifokorlar ko‘rsatadi. Evakuatsiya punkti aloqa chizig‘idan olti kilometrdan yaqinroq bo‘lmasligi kerak. Ammo donetsklik Ellaning jamoasi bor yo‘g‘i bir kilometr uzoqliqda joylashgan. Ular Verxnetoretskdan odamlarni olib ketishadi.

Denis rulda
Gorlovka yaqinidagi bu qishloqni mart oyida bo‘shatishgan edi. Ammo u yerda vaziyat hamon xatarli: Ukraina Qurolli Kuchlari “Gradov”dan muntazam o‘t ochadi.

Jarohatlar juda jiddiy: travmatik amputatsiyalar, politravmalar. Qon aylanishi hajmini barqarorlashtirishga, me’yorlashtirishga, tamponlashga harakat qilamiz va shifoxonaga jo‘natamiz”, - deyli Ella.

Ella Volnovaxo tumanining Ribinskoye qishlog‘ida ishlagan. U yerda ahvol xuddi Verxnetoretsskdagidekbo‘lgan. Jarohatlangan va halok bo‘lganlarni mina maydonlaridan olib chiqishgan.

To‘g‘ri boshqaruv bo‘lgani sabab, tibbiy xodimlar orasida yo‘qotishlar yo‘q. Bo‘linma jo‘natishdan oldin joyni o‘rganish va evakuatsiya rejasini aniqlash kerak. Yo‘nalishni men va xizmat rahbari tekshirib boramiz”, - deydi iqtisodiy bo‘lim rahbari va haydovchsi Denis.

Qiyinchilik shundaki, janglar mudofaaviy emas, bilki hujum qiluvchi. “Odatda evakuatsiya qilish uchun ko‘p nishonli mashinalarda ishlaymiz. Ammo kuchli otishma ostida yaradorlarga yaqinlashish hamon qiyin”, - deydi u.

Yaqinda ular Ukraina Qurolli Kuchlarining 25-havo desant brigadasidan tez yordam mashinasini olib qo‘yishdi.
Uni Verxnetoretsk yaqinidagi jangda oldik. Tez ishladik, ularning dori-darmonlari va jihozlarini tortib oldik. Deyarli hammasi NATOniki. Quruq payoklar ham. Hatto kalashnikovlar uchun magazinlar ham Amerikaniki. Denis shu yerda Ukraina Qurolli Kuchlari tashlab ketgan o‘q-dorilarni ko‘rsatdi. - Yirikkalibrli o‘q-dorilar ham chet elniki”.

Denis 2014 yildan buyon tibbiy rotada ishlaydi. Shifokorlar vatandoshlarini ham- dushman tomon askarlarini ham qutqarishadi. “Bir payt ukrainaliklarni olib keldik. Narkotik ta’sirida edi. Biznikilar omborlarda saraton bilan kasallanganlarga beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni topib olishibdi. Menda bittasi davolangan edi- bosh miya suyagining ochiq jarohati bor edi”, - deb xotirlaydi u.

Ella va Denis uchun eng muhimi- bemorlarining oyoqqa turayotganini ko‘rish. “Ularning o‘zi topib, minnatdorchilik bildirishadi. Tirik va sog‘lom. Mana shu eng keraklisi”, - deb jilmayadi shifokor. Va motorni yoqadi- xizmat vaqti bo‘ldi, yaradorlarni urush maydonidan chiqarib olish kerak. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Qo‘rqadigan joyimiz yo‘q”: yaralangan askarlar millatchilar bataloni haqida