
Foto: «Vesti»
Rossiyaning Irkutsk zoogalereyasidagi jonivorlar o‘rtasida g‘ayriodatiy do‘stlashuv kuzatildi. Bir qafasda sher, ikki yo‘lbars va labrador iti yashamoqda.
Bir yil avval Elza (it)ni panjasidagi jarohatdan tiklanayotgan Fortis (sher)ning qafasiga o‘tkazib qo‘yishgan. Tez orada ular inoqlashib, bir-biriga bog‘lanib qolishdi. Oradan ikki oy o‘tib Liana va Lavanda laqabli yo‘lbarslarni ham shu qafasga olib kelishdi.
Zoogalereya xodimlari biron jarohat olmadimikan deb labradorni tinmay tekshirib turishadi, yo‘q, hammasi joyida. It «katta mushuk»lar orasida jon saqlabgina qolmay, «to‘daboshi»ga ham aylanib ulguribdi. Yirtqichlar talashib qolsa ajratuvchi ham, to‘dani zeriktirmaydigan ham shu it, deyiladi xabarda.
It SherYo‘lbarslarIrkutsk ZoogalereyasiG‘ayriodatiy Do‘stlashuvLabrador ItJonivorlar O‘rtasida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar