Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi?

2 daqiqa o'qish1.8K
Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi?
Foto: «Noviy ochag»
Uy sharoitida gilam va polni tozalashda changyutgichdan foydalanishning faqat kichik bir qismidir. Ushbu texnika yanada ko‘proq narsaga qodir hamda bu bekajonlarni ajablantirishi va xursand qilishi mumkin. Changyutgich yordamida «Noviy ochag» nashri taqdim etgan layfxaklarni amalga oshirish mumkin.

Kichik narsalarni topish mumkin
Agar zirak yoki uzuk kabi kichik narsalarni yo‘qotgan bo‘lsangiz, changyutgich uni tezda topishga yordam beradi. Ob’yekt ichkariga kirib ketmasligi uchun changyutgich trubasiga yupqa matoni sochga taqiladigan tasma bilan mahkamlash kerak.
Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi?
Foto: «Noviy ochag»

Gilamdagi izlarni olib tashlash mumkin
Sevimli gilamda mebeldan qolgan iz bormi? Buni osongina tuzatish mumkin. Gilamning zararlangan joyiga bir parcha muz qo‘yib, u to‘liq eriguncha kutiladi. Shundan so‘ng gilam changyutgich bilan tozalanadi va yuzada hech qanday iz qolmaydi.
Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi?
Foto: «Noviy ochag»

Havoni tozalash mumkin
Uydagi havo nafaqat toza, balki xushbo‘y bo‘lishi uchun tozalashdan oldin chang yig‘uvchi qismga efir moyiga namlangan paxta qo‘yish tavsiya etiladi.

Allergiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin
Allergiya alomatlari uyda ham davom etsa, bu o‘simlik gulchanglari uyga ham kirishi mumkinligini anglatadi, masalan, deraza orqali. Deraza romlari, tokchalar, shamollatish teshiklari va konditsionerni changdan tozalash tavsiya etiladi. Bunda changyutgich yaqindan yordam beradi.

Yong‘inning oldini olish mumkin
Agar uyda quritadigan mashina bo‘lsa, unda esda tutish kerak. Chunki u ko‘pincha yong‘inga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi filtrda to‘plangan va jihoz qizdirilganda osongina alangalanishi mumkin bo‘lgan chang bilan bog‘liq. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun filtrni yiliga kamida bir necha marta changyutgich yordamida tozalash kerak.

Matrasni yangilash mumkin
Uyqu sifati uchun to‘shaklarning tozaligi muhim rol o‘ynaydi. To‘shakni yoqimsiz hidlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bakteriyalardan tozalash uchun sirtga oddiy iste’mol sodasi sepiladi va uni bir necha soatga qoldiriladi. Bu vaqt ichida kukun ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va matrasni yangi holga keltiradi. Shundan so‘ng sodani changyutgich bilan to‘plash mumkin.

Kirish qiyin bo‘lgan joylarni tozalash mumkin
Changyutgich trubasi yordamida klaviatura, deraza romlari va boshqa kirish qiyin bo‘lgan joylarni changdan tozalash mumkin.
Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi?
Foto: «Noviy ochag»

Bolani tinchlantirish mumkin
Changyutgich shovqin manbai hisoblanadi. Uning monoton shovqini asab tizimini bo‘shashtiradi va tinchlantiradi. Agar bola yig‘lashdan to‘xtamasa, changyutgichni o‘rtacha kuchlanishda yoqib qo‘yish mumkin. Shovqin uning tinchlanishi va hatto uxlashiga ham yordam beradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?