Endi ish haqini istalgan bank kartasiga olish mumkin

O‘zbekistonda xodimlar ish haqi va boshqa to‘lovlarni ish beruvchi foydalanadigan bankdan qat’i nazar, o‘zlari tanlagan bank kartasiga olishlari mumkin bo‘ldi. Bu imkoniyat Markaziy bank tomonidan joriy etildi.
Avval xodim ish haqini olish uchun ish beruvchiga xizmat ko‘rsatadigan bankdan alohida karta ochishi kerak edi. Endi esa o‘z nomiga rasmiylashtirilgan mavjud bank kartasidan foydalanish mumkin.
Buning uchun xodim tanlagan kartasining rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etishi yetarli. Keyinchalik u boshqa bank kartasini tanlashi yoki to‘lov rekvizitlarini o‘zgartirishi ham mumkin.
Yangi tartibda karta yoki elektron hamyon xodimning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Hozircha ushbu imkoniyat dastlabki bosqichda xususiy sektor tashkilotlari va ularning xodimlari uchun amal qiladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar


























Izohlar0
…