Ko‘k choyning boshqa ichimliklarga nisbatan 5 ta afzalligi

1 daqiqa o'qish451
Ko‘k choyning boshqa ichimliklarga nisbatan 5 ta afzalligi
Foto: “Noviy ochag”
So‘nggi tadqiqotlar yoshartiruvchi tabiiy vosita haqida nima deydi? “Noviy ochag” nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Ko‘k choy haqiqatan ham yoshartiradi

Ko‘k choy tarkibida epigallokatexin gallat (EGCG) deb ataladigan tabiiy birikma mavjud. Ko‘pgina tadqiqotlarga ko‘ra, bu modda hujayralarga zarar yetkazmasdan oldin organizmdagi oksidlovchilarni faolsizlantiradi. Bundan tashqari, ushbu birikma insulin ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi ta’sirga ega.

Ko‘k choy chindan tinchlantiradi

Ko‘k choy kofeinni o‘z ichiga oladi, lekin kofeinga qo‘shimcha ravishda uning ta’sirini me’yorlashtiradigan yana bir element — teanin mavjud. Bu miyadagi serotonin va dofamin vositachilari miqdorini oshiradigan aminokislotadir. Dofamin va serotonin yaxshi kayfiyat uchun javobgardir. Sut bilan ko‘k choy ichish esa foydani ikki marta oshiradi.

Ko‘k choy vazn yo‘qotishga yordam beradi

Ko‘k choy vazn kamaytirishga yordam beradi. Lekin bir o‘zi emas, balki jismoniy faoliyat bilan birgalikda. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 7 stakan ko‘k choy ichgan va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganlar bir oy davomida xuddi shu mashqni bajargan, lekin choy ichmagan guruhga qaraganda 3 foiz ko‘proq vazn yo‘qotgan. Mana ko‘k choyning ayollar uchun foydalari!

Ko‘k choy saratonga qarshi kurashda yordam berishi mumkin

Maqolaning boshida aytib o‘tilgan epigallokatexin gallat (EGCG) saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishga qodir. Hatto saraton kasalligining oldini olish va davolash uchun ko‘k choyning foydalari haqida savollar ko‘rib chiqilmoqda. Albatta, mustaqil va yagona vosita emas, balki umumiy terapiyaning bir qismi sifatida. Olimlar esa saraton kasalligini davolashda sintezlangan epigallokatexin gallatidan foydalanish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda.

Ko‘k choy ichaklarni himoya qiladi

Ko‘k choy ichak mikroflorasini oziqlantirish uchun foydalidir. Bundan tashqari, ko‘k choy jigar uchun ham ijobiy ta’sirga ega. Probiotiklar faqat sut yoki suli yormasida topilgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, ko‘k choy infeksiya va yallig‘lanishdan himoya qiluvchi foydali bakteriyalarni rivojlantirish uchun ajoyib manbadir.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?