O‘zingiz yoqtirgan mahsulotlarni iste’mol qilish yoqimli, faqat ularning organizm uchun foydali bo‘lishi kerakligini ham unutmaslik kerak. Shu kabi foydali mevalardan biri — gilos. Bu meva boshqa mavsumiy mevalarni ko‘p jihatdan ortda qoldiradi, u organizm uchun foydali va osonlik bilan shirinliklar, boshqa narsalarga qo‘shimcha sifatida ishlatilishi mumkin. Quyida gilosning foydali jihatlari haqida ma’lumot beriladi.
Foto: The Symbol
Gilos juda ko‘p kletchatkani o‘z ichiga oladi
Kuniga tavsiya etilgan 25-30 gramm kletchatkani olish oson emas, biroq bu bizning organizmimizga kerak bo‘lgan juda foydali mikroelement hisoblanadi. Bir chashka gilos 3 gramm kletchatkani o‘z ichiga oladi, shuning uchun rezavor mevalarga kletchatkaning ajoyib manbai sifatida qaraladi. Kletchatkaga boy parhez sog‘lom tana vaznini saqlashga yordam beradi, ichak sog‘lig‘ini yaxshilaydi, xolesterin va yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va hattoki qondagi yuqori shakar darajasining oldini oladi.
Ushbu meva yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi
Mushaklar yoki bo‘g‘imlaringiz og‘riyaptimi? Gilos og‘riqni yengillashtiradigan meva bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu meva antosiyaninlarga, ibuprofen kabi dorilarning to‘qimalar yallig‘lanishiga qarshi kurashadigan polifenollar guruhiga boy.
Foto: The Symbol
Gilos yurak salomatligi uchun foydali
Gilosda mavjud bo‘lgan antosiyaninlar ham yurak salomatligi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar bu moddalar yallig‘lanishni kamaytirishini va sog‘lom arterial funksiyani rag‘batlantirish orqali yurak kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.
Meva uyqu sifatini yaxshilaydi
Ma’lumotlarga ko‘ra, gilos melatonin gormonining tabiiy manbai bo‘lib, u tanangizning ichki holatini boshqarishga va sog‘lom uyqu rejimiga yordam beradi. Har kuni 25 ta yaxshi pishgan gilosni iste’mol qilish uch kun ichida sog‘lom va uzoqroq uxlashga yordam beradi. Mutaxassislar maksimal foyda olish uchun yotishdan oldin qisqa vaqt ichida gilos iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi