Foto: Pixabay.com
Ananas kletchatka va antioksidantlarning ajoyib manbai bo‘lib, uni iste’mol qilish inson organizmi uchun juda foydalidir, lekin uni iste’mol qilishdan oldin pishib yetilganini tanlash kerak bo‘ladi.
Pishgan ananasni qanday tanlash kerak?
Ananasning sirti silliq va sariq rangda bo‘lishi muhim. Uning pishib yetilganini ko‘rinishidan qattiq, lekin qo‘lga olganda yumshoq bo‘lishidan bilish mumkin.
Shuningdek, uning pishganini og‘irligidan va xushbo‘y hid taratishidan ham bilsa bo‘ladi. Agar ananasning bir oz kechikibroq pishishini istasangiz, sal xomrog‘idan tanlashingiz kerak. Bunday ananaslar yashil-sarg‘ish va hidsiz bo‘ladi.
Oshxonadagi harorat bozor va supermarketlarga qaraganda bir oz baland bo‘ladi. Shuning uchun uning buzilmasligi va yangidek qolishi uchun to‘g‘ri saqlash muhim.
Butun ananasni qanday saqlash kerak?
Nisbatan xomroq ananasni oshxonadagi meva savatchasida saqlash mumkin. Pishish jarayonini tezlashtirish uchun uni qog‘oz paketlarga joylash kerak. Ananasning pishishi uchun bir-ikki kun yetarli bo‘ladi. Pishish jarayonini sekinlashtirish uchun esa muzlatkichda saqlang.
Pishishi bilan ularni kesib qo‘ying va ko‘p muddat saqlamang aks holda taxir bo‘lib qoladi.
Kesilgan ananasni qanday saqlash kerak?
Foto: Pexels
Ananasni po‘stlog‘idan tozalagandan keyin o‘rtasidagi qattiq qismini olib tashlash kerak. Keyin parrak yoki bo‘laklarga bo‘lib qo‘yish tavsiya etiladi.
Kesilgan ananasni faqatgina muzlatkichda saqlash lozim. Uni germetik idishda saqlang. Kesilgan ananaslarni to‘rt kun ichida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agar jigarrang tusga kira boshlasa, bu uning buzilganidan dalolatdir.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Dmitriy Peskov: Rossiya mehnat muhojirlariga muhtoj
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi