83
Germaniyalik olimlar surunkali og‘riqni yengishga yordam beradigan yangi usulni aniqladi
Foto: GlobalLookPress
Itlar surunkali og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlarga yordam berishi mumkin. Gumboldt nomidagi Berlin universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi.
Qayd etilishicha, hayvon mavjudligining o‘zi og‘riqni his qilish, shuningdek, inson xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqot muallifi Xaydi Mauersbergerning ta’kidlashicha, bu yangi terapiya usullarni ishlab chiqish istiqbollarini ochadi.
Olimlar ikkita tarjiba o‘tkazgan — unda ishtirokchilar qo‘llarini muzli suv idishga tiqqan. Bu vaqt ularning yonida iti yoki do‘stlaridan biri bo‘lgan, ayrimlari yolg‘iz turgan. Yonida hayvonning bo‘lishi intensiv og‘riqni bir necha barobar kamaytirgan va stress ham kam kuzatilgan. Ikkinchi tajribada ham shartlar shunday bo‘lgan, faqat bitta farq bor: itlar ishtirokchilarning o‘zlariniki bo‘lmagan. Yonida hayvon bo‘lgan inson og‘riqni his qilish effekti yana ijobiy natijani ko‘rsatgan.
Tajriba ishtirokchilari shunchaki emotsional qo‘llab-quvvatlovchi his qilmagan, balki rostdan ham og‘riqni u qadar qattiq sezmagan. «Psixologik yuklama kuchaygan va og‘riq oshgan vaqtda it bilan turish nafaqat emotsional qo‘llab-quvvatlovni beradi, balki jismoniy og‘riqni rostdan ham kamaytiradi», — deydi Mauersberger.
Surunkali og‘riqni boshdan kechiruvchi insonlar olimlar bilan o‘z tajribasini bo‘lishgan va tanasidagi noqulayliklar sabab ular faol hayot tarzi hamda ijtimoiy muloqotlarga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotishlarini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi