Kartadagi qaysi raqamlarni oshkor qilish mumkin, qaysilarini yo‘q? Muhim qo‘llanma

Kartadagi qaysi raqamlarni oshkor qilish mumkin, qaysilarini yo‘q? Muhim qo‘llanma
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bank plastik kartasidagi mablag'lar xavfsizligini ta'minlash uchun uning maxfiy ma'lumotlarini begona shaxslarga oshkor qilmaslik kerak.
  • Kartaning amal qilish muddati, egasining ism-familiyasi va telefonga kelgan SMS-kodni hech kimga, jumladan, bank xodimlariga ham aytish qat'iyan taqiqlanadi.
  • Pul o'tkazmalarini qabul qilish uchun esa faqat kartaning old tomonidagi 16 xonali raqamni ishonchli shaxslarga taqdim etish kifoya qiladi.

Bugungi kunda bank plastik kartalari va mobil to‘lov tizimlari kundalik hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Biroq fuqarolarning moliyaviy mablag‘larini turli hiylalar bilan qo‘lga kiritishga urinayotgan kiberfiribgarlar soni ham kundan-kunga ko‘paymoqda. Ko‘pincha fuqarolar bexabarlik yoki e’tiborsizlik oqibatida kartaning eng muhim maxfiy ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etib, hisoblaridagi barcha jamg‘armalaridan ajrab qolmoqdalar.

O‘z mablag‘ingiz xavfsizligini ta’minlash uchun bank plastik kartasidagi qaysi ma’lumotlarni berish mumkinligi va qaysilarini sir saqlash shartligini aniq bilib olish juda muhimdir.

Mutlaqo sir saqlanishi shart bo‘lgan 3 ta ma’lumot

Firibgarlar kartadagi pulni yechib olish uchun quyidagi ma’lumotlarni talab qilishadi, ularni hech kimga aytish mumkin emas:

  • Amal qilish muddatini ma’lum qilib bo‘lmaydi: Kartaning old qismidagi muddat (oy va yil) internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish va kartani begona ilovalarga ulash uchun asosiy kalit hisoblanadi;

  • Ism va familiyani aytish mumkin emas: Karta egasining nomi va familiyasini begona shaxslarga taqdim etish xavfsizlikka putur yetkazishi mumkin;

  • SMSdagi kodni aytish qat’iyan taqiqlanadi: Telefon raqamingizga kelgan bir martalik tasdiqlovchi kodni (SMS-kod) hech kimga, hatto o‘zini bank xodimi yoki to‘lov tizimi operatori deb tanishtirganlarga ham aslo aytmang. Bank va to‘lov tizimlari bu kodni hech qachon so‘ramaydi.

Qaysi ma’lumotni oshkor qilishga ruxsat beriladi?

Kartangizga boshqa shaxslar pul o‘tkazishi uchun faqat bitta ma’lumotning o‘zi kifoya qiladi:

  • 16 raqamli nomerni faqat ishongan insonlaringizga aytishingiz mumkin: Kartaning old tomonida aks etgan 16 xonali raqam mablag‘ni qabul qilish uchun yetarlidir;

  • Kartangizga pul tushishi uchun na SMS-kod va na kartaning amal qilish muddati aslo talab etilmaydi!

Ogohlikni oshirish va firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun ushbu eslatmani yaqinlaringiz va oila a’zolaringizga yuborib qo‘ying.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar