Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun maxsus parhez tutayotgan shaxslar non mahsulotlarini iste’mol qilishi mumkin. Bu haqda rossiyalik dietolog Natalya Kruglova “Oxu.az” nashriga ma’lum qildi. Asosiysi, bunday nonlar boshoqli donlardan tayyorlangan javdari, zig‘ir urug‘li yoki suli non bo‘lishi lozim.
Foto: “Oxu.az”
“Un mahsulotlari va ayniqsa xamirturushli nonlar yuqori kaloriyaga ega bo‘lib, ularning ozuqaviy qiymati juda past, degan fikr qisman noto‘g‘ridir. Odatiy kunda ham, parhez davrida ham boshoqli dondan tayyorlangan nonlarni iste’mol qilish zarar qilmaydi”, deydi parhezshunos.
Bunday un tarkibida ko‘proq o‘simlik oqsillari, kletchatka tolasi, vitaminlar va mikroelementlar bo‘ladi. Butundonli non va oq undan tayyorlangan non kaloriya tarkibiga ko‘ra deyarli farq qilmaydi. Ammo organizmni to‘yintirish va foydali ozuqa moddalarning miqdori jihatidan bunday non bir qator afzalliklarga ega. Ko‘plab parhez tutayotgan ayollar non xavflimi, deb so‘rashadi. Yo‘q, bu sog‘lom insonning kundalik ratsionida bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardan biridir”, deydi mutaxassis.
Sog‘lom insonlarga me’yorida iste’mol qilingan boshoqli undan tayyorlangan non hech qanday xavf tug‘dirmaydi va semirib ketishga sabab bo‘lmaydi.
Foto: Dzen
Ba’zi insonlarda individual allergik reaksiyalar kuzatilishi, ichak mikroflorasi jiddiy shikastlangan hamda ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligi buzilgan bemorlarda glyuten moddasiga sezuvchanlik paydo bo‘lishi mumkin. Qolgan barcha insonlar uchun non kundalik taomnomaning ajralmas qismi bo‘lishi mumkin. Albatta, me’yorni unutmagan holda.
Nonning o‘rtacha bir bo‘lagida taxminan 100 kilokaloriya bo‘ladi. Bu asosiy ovqatga qo‘shimcha sifatida juda katta energetik qiymat hisoblanmaydi. Balansli nonushta, tushlik yoki kechki ovqatga bir bo‘lak non qo‘shiq yeyish yoki uni gazak sifatida ishlatish ortiqcha vazn to‘planishiga olib kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi