17:50 / 25.10.2024
43

Pavel Durov muvaffaqiyatga intilayotgan yoshlarga muhim maslahat berdi

Pavel Durov muvaffaqiyatga intilayotgan yoshlarga muhim maslahat berdi
Foto: Lady-mail.ru
Telegram tarmog‘i asoschisi Pavel Durov muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan yoshlarga o‘z tavsiyalarini berdi. Telegram'da e’lon qilingan postda tadbirkor yoshlarni hech qachon spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslikka chaqirdi.

Biror kattaroq loyihani boshlamoqchi yoki katta narsa yaratmoqchi bo‘lgan 20 yoshli yigitlarga maslahat berishim kerak bo‘lsa, ularga hech qachon alkogol ichimliklarini iste’mol qilmang, degan bo‘lar edim”, deb yozdi Durov.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar inson ongi, idrokini hamda ichki sezgisini bir necha kunga bloklab qo‘yadi.

Ushbu zararli odat vaqtinchalik kayfiyatingizni ko‘tarsa-da, bu xuddi kredit olishga o‘xshaydi — siz badalni foizi bilan qaytarishingizga to‘g‘ri keladi”, deydi tadbirkor.

Shuningdek, Durov ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lish biror sohada katta yutuqqa erishish imkoniyatlarini oshirishini aytib o‘tdi hamda 20 yil davomida hech qachon spirtli ichimliklar iste’mol qilmaganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pavel Durov muvaffaqiyatga intilayotgan yoshlarga muhim maslahat berdi