12:04 / 01.12.2024
7

Muvaffaqiyat qozonish yo‘lidagi eng katta to‘siq

Muvaffaqiyat qozonish yo‘lidagi eng katta to‘siq
Muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi to‘siqlar nimalardan iborat? Dangasalik-tanballik, bilimsizlik, uzoqni ko‘ra bilmaslik, yana esa ishonchning yo‘qligi... Eng katta to‘siq-chi? Bu – qo‘rquv! Juda ko‘p kishilar sa’y-harakatlari va azmu qarorlarida qo‘rquvning bosh bo‘lishiga yo‘l ochib berishadi. Shuning uchun ham ular o‘z xavfsizliklarini sezishdan boshqa hech vaqoga ega bo‘lmaydilar.

Muvaffaqiyatga chin dildan erishmoqchi bo‘lgan odamning o‘y-xayoli qo‘rquv va xavfsizlikka intilish emas, balki natijani qo‘lga kiritishda bo‘lishi kerak. U bunyodkorlik hamda o‘z maqsadi sari dadil yo‘l olishi zarur. Prezident Duayt Eyzenxauer shunday degan edi: «Inson faqat qamoqxona kamerasida o‘zining xavfsizligini to‘liq ta’minlashi mumkin, uning hayotdan bor-yo‘q kutgani shundan iborat bo‘lsa, albatta».

Kimki tavakkalchilik bilan qaltis ishga kirishsa, mantiqiy fikr unga shu ish zarur degan bo‘lsa, bunday kishini muvaffaqiyatga erishadi, deyish mumkin.

Bizning har birimiz qo‘rquvdan aziyat chekamiz. Ammo qo‘rquvning o‘zi nima?

Qo‘rquv hayotimizni qo‘riqlash uchun chaqirilgan hissiyot bo‘lib, bizni xavf-xatardan ogohlantiradi. Shuning uchun u bizni ogohlantiruvchi sifatida yuborilgan ne’mat hisoblanadi. Toki qaror qabul qilish va sa’y-harakatdan oldin to‘xtashimiz va vaziyatni ko‘zdan kechirib chiqishimiz kerak.

Ammo hamma gap shundaki, biz o‘z qo‘rquvimiz ustidan nazorat qilishimiz shart, toki u o‘zimizni nazorat qilmasin, bunga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Qo‘rquvning belgilanishi biz uchun ogohlantiruvchi signal bo‘lib, biz uning mulohaza, muhokamalarga suqilib kirishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, chunki fikr-mushohadalar asosida o‘zimizning xatti-harakatlarimiz dasturini ishlab chiqamiz.

Franklin Ruzveltning: «Biz o‘zimizdagi qo‘rquvdan boshqa hech narsadan qo‘rqmasligimiz kerak», degan so‘zlari faqat Buyuk Turg‘unlik davridagina emas, bugun ham dolzarbligicha turibdi.

Xo‘sh, siz qo‘rquvlaringizni qay tarzda yengishingiz mumkin? Dadil bo‘ling! Qo‘rquvga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarab, ongli ravishda «Men qo‘rqmayman», ─ deb ayting. So‘ngra o‘z-o‘zingizdan: «nimadan qo‘rqaman?» ─ deya so‘rang. Siz ushbu savolar orqali vaziyatni tahlil qilasiz, ko‘p o‘tmay qo‘rquvlaringizning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi hissiyotlarni bartaraf etasiz.

Keyingi qadam muammolarni har tomonlama ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi. Bu bosqichda tavakkalchilik, qaltis holat mavjud bo‘lib, siz unga tik borib, kutilayotgan mukofotga sazovor bo‘lasiz.

Xo‘sh, yana boshqa harakatlanish imkoniyatlari bormi? Yana qaysi muammolar bilan to‘qnash kelish mumkin? Siz barcha kerakli axborotlarga egamisiz? Shunday vaziyatga tushib qolganda boshqalar o‘zini qay darajada tutadi va natija qanday bo‘ladi?

Siz qachon tahlilni tugatsangiz, shu zahoti harakatga kirishing! Ishni paysalga solish yanada ko‘proq shubha va qo‘rquvga yo‘l boshlaydi.

Bir taniqli psixolog aytgan ediki, agar odam yolg‘izlikda qolsa, tunda qandaydir tovush eshitganini tasavvur qilib, qo‘rqib ketishi mumkin.

Uning qiladigan ishi bir oyog‘ini pol ustiga qo‘yib, shu bilan go‘yo o‘z qo‘rquvini yengish sari bitta qadam bosadi. Muvaffaqiyatga intilgan kishi ham aynan ana shunday qilishi, o‘zining qo‘rquvi ustidan nazorat o‘rnatib, shu tariqa maqsadi sari birinchi qadamni qo‘yishi lozim.

Esingizda bo‘lsin, bu hayotda hech kim yakkayu-yolg‘iz yura olmaydi. Muqaddas kitoblarda kishiga xotirjamlik baxsh etuvchi ilohiy amrlar bor. Ularni shior qilib olish mumkin: «Qo‘rqmang, chunki men doimo siz bilan birgaman».

Bu so‘zlarga ishonish sizni shu qadar ruhiy kuch bilan ta’minlaydiki, natijada har qanday vaziyatning yuziga tik qaray oladigan bo‘lasiz.

Qo‘rqmang va muvaffaqiyat qozoning!

(Napoloyen Xill kitobidan)

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muvaffaqiyat qozonish yo‘lidagi eng katta to‘siq