
Doʻstlik, qarindoshlik va ish munosabatlaridan tashqari, hayotimizda muhabbat munosabatlari ham mavjud. Men shaxsan ushbu mavzuni uzoq vaqt oʻrganib, oʻz ikkinchi yarmimni topish va haqiqiy muhabbatni his qilish yoʻlida koʻplab tajribalar orttirdim. Bu jarayonda men turli xil ayollar va munosabatlar turlariga duch keldim. Koʻp marotaba mulohaza qilib, juda muhim ma'lumotlarga ega boʻldim va shu bilimlar bilan siz bilan qisqacha boʻlishmoqchiman.
1. BEGONA RUHLAR
Bunday insonlar bilan birga boʻlganingizda dissonans va noqulaylikni his qilasiz. Ular bilan muloqot qilish ham, jismoniy yaqinlashish ham sizda yoqimsiz hislar uygʻotadi.
2. QARINDOSh RUHLAR
Bunday insonlar bilan birinchi kundanoq totli va ishonchli munosabatlar paydo boʻladi. Ular bilan gaplashish oson, goʻyoki koʻp yillik doʻstingizdek. Bunday juftliklar oʻrtasida hech qanday egoizm va mulkchilik hissi boʻlmaydi.
3. ENERGIYaVIY YaRIM JUFTLAR
Bu eng yuksak darajadagi munosabatlar boʻlib, afsona va dostonlarda madh etilgan. Cheksiz va shartsiz muhabbat, bir necha hayot davomida saqlanadigan hislar. Ajablanarlisi, bunday juftliklar har bir hayotda uchrab turmaydi.
4. ENERGIYaVIY IKKILANMA JUFTLAR
Bu ham qarindosh ruhlar turlaridan biri. Bunday insonlar oʻz xarakterlari, odatlari va hatto nutq uslublari bilan bir-biriga oʻxshab ketadi. Ammo ular bir-birlarini ongsiz ravishda takrorlaydi. Bunday juftliklarda rivojlanishga katta imkoniyat boʻlsa-da, birgalikda yashash qiyin boʻladi.
5. ANTIPODLAR
Bu toʻliq qarshi qutblar. Ular oʻrtasida hech qanday oʻxshashlik yoʻq, lekin juda kuchli magnetik va jismoniy jalb etish holati yuzaga keladi. Ular birga boʻlishsa ham, doimo tushunmovchiliklar, qarama-qarshiliklar uchrab turadi. Bunday munosabatlar koʻpincha ogʻriqli yoki fojeali muhabbat bilan yakun topadi.
6. PARALLEL VUJUDLAR
Bu kabi insonlar bilan muloqot qilish hayotingizni yaxshilashi mumkin. Ular birgalikda ish koʻrish yoki doʻstona muloqot uchun foydali boʻladi, lekin chuqur munosabatlar rivojlanmaydi.
7. NOTURGʻUN RUHLAR
Bunday insonlar sizda kuchli hislar uygʻotmaydi. Ular bilan munosabatlar "neytral" tusda boʻladi. Qizigʻi, bunday juftliklar uzoq muddatli va barqaror munosabatlarni saqlab qolishlari mumkin.
Aslida, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar ancha murakkab va ularning aralashmasi ham mavjud. Lekin bu asosiy toifalarni bilgan holda, siz oʻz munosabatlaringizni toʻgʻri tahlil qilishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar