10:59 / 12.03.2025
474

40 yoshdan keyin ortiqcha vazn yig‘maslik uchun ratsiondan ushbu 3 mahsulotni chiqaring

40 yoshdan keyin ortiqcha vazn yig‘maslik uchun ratsiondan ushbu 3 mahsulotni chiqaring
Agar inson ovqatlanish odatlarini o‘zgartirmagan bo‘lsa-da, vazni oshib borayotgan bo‘lsa, ehtimol, uning organizmida modda almashinuvi sekinlashgan. Bunday muammo ko‘pincha 40 yoshdan oshgan insonlarda uchraydi.

Diyetolog Ketrin Djervasioning tushuntirishicha, yosh o‘tishi bilan modda almashinuvi sekinlashadi, hatto ratsion va jismoniy faollik o‘zgarmagan taqdirda ham. Shuning uchun u bunday insonlarga ovqatlanish tartibini qayta ko‘rib chiqib, uchta mahsulotni ratsiondan chiqarishni tavsiya qiladi.

Birinchi navbatda, qo‘shimcha shakar qo‘shilgan mahsulotlar modda almashinuvining sekinlashishiga sabab bo‘ladi. Bu birinchi navbatda, do‘konlarda sotiladigan shirinliklar, pechene va konfetlardir.

Ikkinchi zararli mahsulot — shakarli va shirin juvozlar (xlopyalar). Ularning tarkibidagi yuqori shakar miqdori qonda glyukoza darajasining tez o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, bu esa modda almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchi mahsulot — sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilgan yogurtlar. Mutaxassis bunday yogurtlar o‘rniga shakarsiz tabiiy grek yogurtini iste’mol qilishni maslahat beradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali