Smartfon hayotingizni nazorat qilmasin: neyrobiologdan foydalanish uchun muhim cheklovlar

1 daqiqa o'qish318
Smartfon hayotingizni nazorat qilmasin: neyrobiologdan foydalanish uchun muhim cheklovlar
Raqamli dunyoda yashar ekanmiz, smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ammo bu qurilmalarning ortiqcha ishlatilishi sog‘liq va ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avstraliyalik taniqli neyrobiolog Ti Jey Pauyer aynan shu masalada jamoatchilikka muhim ogohlantirish bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, smartfondan kunlik foydalanish muddati uch soatdan oshmasligi lozim.

HuffPost nashriga bergan intervyusida miyadagi dofamin moddasi orqali elektron qurilmalarning insonga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirdi. Dofamin — miyada “zavq va motivatsiya” uchun javobgar bo‘lgan kimyoviy modda bo‘lib, smartfondan foydalangan har bir lahzada uning darajasi oshadi.

— Xabarnoma kelganda, lenta yurganda yoki onlayn o‘yin o‘ynaganda, miyada dofamin ishlab chiqariladi. Bu qisqa muddatli qoniqish hissini beradi, biroq doimiy ravishda qaytarilsa, bu jarayon miyaning tabiiy tartibga solish tizimini izdan chiqarishi mumkin, — deydi Pauyer.

Uning fikriga ko‘ra, bu holat bolalar va o‘smirlarda ayniqsa og‘ir oqibatlarga olib keladi. Ularda o‘zini anglash, muloqot ko‘nikmalari va bilim o‘zlashtirish qobiliyati pasayishi mumkin. Yoshlar ruhiy beqarorlikka duch kelishadi, kattalar esa diqqatsizlik, asabiylik va hayot sifatining pasayishi kabi muammolarni boshdan kechirishadi.

Ko‘rsatkich emas, ta’sir muhim
Neyrobiolog kunlik “soat limiti”ni shaxsan 3 soatdan oshmaslikka harakat qilishini aytib o‘tdi. Biroq u bu cheklov hammaga birdek mos tushmasligini, asosiy e’tibor ekranda o‘tkazilgan vaqt emas, smartfon hayot sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganiga qaratilishi kerakligini ta’kidlaydi.

— Agar smartfon kun davomida sizdan energiyani so‘rib, ishga, o‘qishga yoki jonli muloqotga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa — bu yetarli sabab. Har kim o‘z xatti-harakatini qayta ko‘rib chiqishi kerak, — deydi u.

Ti Jey Pauyerning tavsiyalari orqali aniq tushuniladi: smartfon foydalanish odatlarini nazorat qilish, sog‘lom hayot uchun zarur omilga aylangan. Buni nafaqat bolalar, balki kattalar ham yaxshi anglab yetishi kerak. Axir raqamli texnologiyalardan foyda ko‘rish uchun, ularni to‘g‘ri boshqara bilish talab etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?