Qaysi burj vakillari rashk bobida qanday ekanliklari haqida andalus astrologlari quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishmoqda.
QO‘Y
Bu burj vakillarini rashkini qo‘zg‘ash uchun jiddiy sabab kerak. Ular bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilavermaydilar. Biroq ular bilan bu borada hazillasha ko‘rmang, bu yaxshilikka olib kelmaydi. Agar u nimadandir shubhalansa, tamom, uning ishonchini qayta qozonishning iloji yo‘q.
BUZOQ
Buzoq burji erkaklari o‘ta qizg‘anchiq, shu sababli rafiqalarini ham hammadan qizg‘onadilar. Yoshning ahamiyati yo‘q, xar qanday erkak kishi buzoq burjiga oid go‘zallardan uzoqroq yurishi kerak. Ularga tegishli bo‘lgan narsa faqat ularniki bo‘lishi lozim.
EGIZAKLAR
Egizaklar juda ham rashkchi emas. Biroz xiyonat ko‘chasiga mo‘ralab ham turadilar. Ularni doim nazorat qilib turish kerak. Nazoratdan chetda qolsalar, darrov begona ko‘chalarga kirib qolishlari mumkin. Bunday vaqtlarda “Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar”, deganlaridek sizni rashk qilishga tushadi.
QISQIChBAQA
Bu burj vakillari yillar o‘tgan sayin yanayam o‘z rafiqalariga sodiq va mehribon bo‘lib boraveradilar. Aniqrog‘i, ular nikohdan so‘ng faqat va faqat oilalari uchun yashaydilar. Shu sabab xiyonat ularni rosmana o‘ldirishi mumkin. Ular asossiz rashk qilmaydi. Rashk qilgudek bo‘lsa, uni tinchlantirish qiyin.
ARSLON
Arslon erlar atrofida doim girdikapalak bo‘lish kerak. Aks holda, ular sizning muhabbatingiz chinligiga shubha qila boshlaydi. Rashklari kuchli. Rafiqalarining go‘zalligiyu shirin kalomlari faqatgina ularga qaratilgan bo‘lishi kerak.
PARIZOD
Bu burj vakillari yolg‘onni umuman hazm qila olmaydi. Shuning uchun ular bilan muomalada ehtiyot bo‘ling, bir bora yolg‘on gapirib, so‘ng doimiy rashk borasidagi janjallar qurshovida qolib ketishingiz hech gap emas. U hatto sizni tark etishdan ham toymaydi.
TAROZI
Tarozilar rashk qiladi-yu, biroq buni har doim ham bildiravermaydi. U rafiqasiga ishonadi, lekin unga birov ola boqishidan xavotirlanib, ich-etini tirnayveradi. U muhabbatining chinligi va sodiqligiga ishongani bilan o‘zgalarning g‘alamisligidan qo‘rqib yashaydi.
ChAYoN
Chayonlar rashk borasida Otelloni yo‘lda qoldiradilar. Shuning uchun ularning rashkini qo‘zg‘ashdan ehtiyot bo‘ling. U rashkka sabab topdimi, hech qanday tushuntirishlar bilan uni yupatib bo‘lmaydi. Uning rashki ayanchli yakun topishi mumkin. Shunga ko‘ra, uning o‘zi ham xiyonat ko‘chasiga kirmaydi va rafiqasiga o‘la-o‘lguncha sodiq bo‘ladi.
O‘QOTAR
O‘qotarlar rashk qilishga bahona topishlari oson, ular bu borada ijodkorlar. Ular har qanday vaziyatdan rashkka sabab topib, bu haqda oson unutadilar.
TOG‘ EChKISI
Bu burj vakillari o‘ta rashkchi va shu o‘rinda mulohazakordirlar. Ular rafiqalarini salga qizg‘onadilar-u, biroq buni janjalga aylantirishga shoshilmaydilar. Har bir bahonalarni to‘plab turib, keyin bir katta dramatik sahna qo‘yishlari mumkin.
QOVG‘A
Qovg‘alar o‘zlarini qattiq yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun ular rafiqalarini ham rashk qiladilar va o‘z o‘rnida ularni ham qattiq sevib, telbalarcha qizg‘onishlarini xohlaydilar. Ular o‘zlari bevafo bo‘lishlari mumkin, biroq o‘zgalar vafosizligini kechirmaydilar.
BALIQ
Bu burj vakillari rafiqalaridan doim vafodorlikni namoyon etuvchi dalillarni izlaydilar. Ular muhabbatlarini yo‘qotishdan qo‘rqishadi. Ularga muhabbat izhor qilib turmasangiz, sizdan shubhalana boshlaydi. Rashkka o‘rin topilsa, hammasi tamom deyavering. Unga uzoq vafodorligingizni isbot qilishingizga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi