7 kilogramm 685 gramm kumushni 156 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 7 kilogramm 685 gramm sof kumushni noqonuniy sotishga urinish holati aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida metallni 156 million so‘mga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushlangan shaxs 1973 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashaydi. Tekshiruvlar natijasida uning qimmatbaho metallar muomalasi bilan shug‘ullanish uchun zarur litsenziyasi yo‘qligi va faoliyatini noqonuniy ravishda amalga oshirib kelgani aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallar muomalasi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Bunda noqonuniy faoliyat va yashirin savdo holatlarining oldini olishga e’tibor qaratilmoqda.
Fuqarolarga kumush yoki boshqa qimmatbaho metallarni sotib olishda ularning kelib chiqishi va sofligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish tavsiya etildi. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmasa, bitim tuzishga shoshilmaslik va bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga xabar berish so‘raldi. Xabar beruvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…