11:53 / 08.04.2017
8 513

Mashq qilishdan oldin nimalarni eb bo‘lmaydi?


Mashq qilishda eng asosiysi — o‘z energiya zaxirasini muddatidan oldin sarflab qo‘ymaslik.

Hamma yaxshi ishlovchi qurilmalar singari bizning organizmimiz ham to‘g‘ri yoqilg‘ini talab qiladi. Xo‘sh, mashq qilishdan oldin nimalar emaslik lozim?

1) Bargli sabzavotlar

Yangi sabzavotlar — juda foydali hisoblanadi, lekin ismaloq va gulkaram kuchli noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Bargli sabzavotlar tarkibidagi kletchatkalar gaz yig‘ilishiga va qorin damlashiga sabab bo‘ladi.

2) Kepakli non

Xamirturush va glyutenning uglevodlar bilan aralashishi qorin damlashiga sabab bo‘ladi. Albatta ular quvvatni oshiradi, lekin salbiy qo‘shimcha ta’sirlari foydasidan ko‘ra ustunroq keladi.

3) Xom pistalar

Xom pistalar tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgani uchun ular ham qorin damlashiga sabab bo‘ladi.

4) Achchiq eguliklar

Achchiq ovqatlar mashq qilish paytida me’da qaynashiga sabab bo‘ladi va ular hazm bo‘lishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mashq qilishdan oldin nimalarni eb bo‘lmaydi?