22:06 / 23.06.2017
5 409

24 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

24 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
24 iyun kuni qo‘y burjida tug‘ilgan tadbirkorlarning hamkorlar bilan birgalikda olib boradigan barcha turdagi ishlari baroridan kelishi kutiladi. Oilangizda muhit va vaziyat juda ko‘ngildagidek kechadi. Demak, kayfiyatni tushirishga sizda asosning o‘zi yo‘q. Lekin moliyaviy masalada bugun omad sizdan deyarli yuz o‘girishi mumkin. Ammo buning ham ilojini topsa bo‘ladi. Bardosh bilan, dangasalikka yo‘l qo‘ymay ishlasangiz, daromadini ham ko‘rasiz. Buning uchun birinchi navbatda salomatlikka jiddiy e’tibor berishingiz zarur.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun o‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga qarz bermang. Yaxshi natija berishiga ko‘zingiz etmayotgan bo‘lsa, yirik loyihali ishlarga pul tikmang. Aks holda tikkaningizdan yuz barobar ko‘proq pul yo‘qotishingiz tayin. Bugun ijodkorlarning kuni tug‘adi. Ilhom parisi kun davomida sizni tark etmaydi. Sud, prokuratura, milisiya tashkilotlariga ovora bo‘lib murojaat etmang, baribir natija chiqmaydi. Kechqurun sut mahsulotlari iste’mol qilish bilan cheklaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
24 iyun kuni o‘zgalar muammolarini bartaraf etish, ishlarini bitirib berish bilan shug‘ullanasiz. Bu ish juda og‘ir bo‘lgani bois arzimagan ehtiyotsizlik oqibatida jismoniy zo‘riqishga duch kelishingiz hech gap emas. Juftingiz yoki sevgilingiz bilan bo‘ladigan suhbat kayfiyatingizga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bunga rashk va bir-biringizga ishonmaslik sabab bo‘ladi. Esda tuting, salomatlik va asablar dunyoda eng bebaho ne’mat hisoblanadi. Ularni asrang!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun keragidan ortiqcha faollik sizga faqat ziyon etkazadi. Ziyon esa, shubhasiz, jismoniy zo‘riqishdan, sog‘liqqa putur etishidan iborat bo‘ladi. Hamkasblar bilan kunning ikkinchi yarmida biroz jiqillashishingiz xavfi bor. Bu rahbariyatgacha borib etishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling. Salomatlikni ehtiyot qiling. Hozirgi issiq kunda kasallik asosan muddati o‘tgan yoki sifatsiz ovqatlardan kelib chiqadi. Shu bilan bir qatorda mevalar ham salomatlikka putur etkazishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)

24 iyun tushga qadar juda yoqimli bir ish bilan band bo‘lasiz. Juftingiz yoki sevgilingiz bilan olis safarga jo‘nashingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Kun bo‘yi sizni kimlardir bo‘lmag‘ur savollar beraverib obdon zeriktirishi mumkin. Moddiy jihatdan ko‘ngilni xotirjam etishda sal sergakroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ishlarni ado etish ham pulingiz ko‘payishini ta’minlaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bugun ko‘radigan tushingizni uyg‘ongandanoq esdan chiqaring.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Xayollaringiz bugun juda sof bo‘lishi lozim. Bu xayrli tadbirlarni tashkil etish, qiynalganlarga, bemorlarga har jihatdan yordam berishda o‘z aksini topadi. Bugun bolalar, do‘stlar bilan ko‘proq muloqot qiling. Kechqurun bir dunyo yoqimli xabarlar eshitasiz. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlarga kun davomida salomatlikni nazoratda ushlash tavsiya etiladi. Kechqurun sizni kimdir mehmonga ham taklif etishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 iyun kuni ish joyingizda hamkasblarning ayrimlari asabingizga o‘ynashi kutiladi. Ammo bu o‘sha odamning o‘ziga bir zumda qaytadi. Kimdir uni ham qattiq ranjitib qo‘yadi. Xudo bor-da! Oilasizlar bugun olis safarga chiqishlari va safar davomida bo‘lg‘usi juftini uchratishlari kutiladi. Agar yuragingiz o‘sha odamga nisbatan jiz etsa, bu imkoniyatni hech qachon qo‘ldan chiqarmang. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Ortiqcha vazndan azoblanayotgan bo‘lsangiz, parhez tutishni boshlang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ayollar bugun ertalab go‘zallik saloniga borishi kutiladi. Sochingizning yangi turmagi juftingiz yoki sevgilingizga shu qadar yoqib tushadiki, mamnunlikdan, bu baxtdan go‘yo mumdek erib ketasiz. Moliyaviy masalada juda ehtiyot bo‘lmasangiz, maqsadga eta olmaysiz. Cho‘ntagingiz quruqligicha qolishi turgan gap. Tijoratchilar bugun mijoz chaqirishning yangicha, yoqimliroq usulini o‘ylab topsalar, daromadga baraka kirgan bo‘lardi. Lekin sog‘liqni ham unutib qo‘ymang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
24 iyunda shu qadar ishga ko‘milasizki, bosh qashishga vaqt topa olmay halak bo‘lishingiz mumkin. Agar har bir rejalaringiz albatta amalga oshishini istasangiz, har bir mayda-chuyda detalga ham alohida e’tibor bilan yondashing. Kechqurun shaxsiy mashinangizda ko‘chaga chiqmang, jarohat olishingiz xavfi bor. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlar iste’mol qilmang. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergak turing. G‘iybatchi tanishlaringizni ko‘rib qolsangiz, imi-jimida jo‘nab qolish harakatida bo‘ling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar erta tongdan to‘laqonli quvvat bilan ishga jo‘nashingizni bashorat qilishgan. Rahbarlar zimmangizga yuklagan ishni tushga qadar uddalab ulgurasiz. Shu munosabat bilan tushdan keyin pul mukofotiga tavsiya qilishsa ham ajab emas. Oilasiz, yaqindagina birovni yoqtirib qolganlar kun davomida romantik kayfiyatda bo‘lishlari kutiladi. Faqat bir tomoni bor. Agar to‘yni tezlashtirib yuborsangiz, bu romantika egizaklab ketgan bo‘lardi. Sog‘lig‘ingizni ham ko‘z qorachig‘idek asrang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 iyun kuni rahbariyat ko‘ziga ko‘rinmang. Kechagi ishni oxiriga etkazmagan bo‘lsangiz, baloning kattasiga qolasiz. Internetda ko‘p o‘tirmang. Undan ko‘ra iloj topib tabiat qo‘yniga dam olish uchun chiqib keting. Yoz bir zumda o‘tadi-ketadi. Tog‘lar havosidan to‘yib nafas olganingiz, zilol suvli anhor, soylarda miriqib cho‘milganingiz qoladi. Kechqurun eski do‘stlardan biri sizni mehmonga chaqirmoqchi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ishoning, bugun sizga har jabhada faqat hazil-mutoyibaga moyillikkina yordam bera oladi. Kun davomida bir necha marotaba og‘ir vaziyatlarda qolishingiz mumkin. Ana shunda hazilni ishga soling. Kerak bo‘lsa, o‘zingizni darvish qiyofasiga o‘zgartiring-u, telbalarcha ish bajaravering. Atrofdagilar bilan kamroq muloqot qiling. Juftingizning dilini og‘ritmang. U sizni jonini berar darajada sevadi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 24 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..