08:22 / 24.10.2017
8 310

Munajjimlar bashorati: 24 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 24 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kimlargadir mustaqil fikringizni tasdiqlatishingiz, nimalarnidir isbotlashingiz shart emas. Agar suhbatdoshingiz aqlli, farosatli bo‘lsa, o‘zi tushunib olaveradi. Qo‘y burji ostida tug‘ilganlar tabiatan qaysar bo‘lishadi. Lekin bugun muhabbatda qaysarligingiz o‘tmaydi. Mayin va muloyim bo‘lishingiz talab etiladi. Agar zararli odatlarga mukkangizdan ketmasangiz, salomatligingiz pand bermaydi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib ijobiy hal etilishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 oktyabr kuni sergak va topqirlik talab qilinadi. Ayniqsa, yangi ishga o‘tganlar uchun bu jihatlar juda asqotadi. Kasbingiz doirasida har bir ishga ijodiy yondasha olishingizni hamkasblarga albatta namoyish etib qo‘ying. Kunduzi yoshi sizdan ancha ulug‘ bo‘lgan bir odam bilan tanishasiz. Sog‘lig‘ingiz shikoyat qiladigan darajada yomonlashmaydi. Kissangizdagi pul ham bugunga yetadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Kun davomida yoshi ulug‘, kasalmand qondoshlar bo‘lsa, holidan xabardor bo‘lib duolarini oling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
24 oktyabrda ham sergak, ham kuchli irodaga ega bo‘lgan holda harakatlar sodir etishingiz kerak. Aks holda ko‘zlangan maqsadlarga yeta olmaysiz. Kerak bo‘lsa, ayyorlik yo‘liga o‘ting. Birovlarga ziyon yetmaydigan holda ish yuriting. Atrofdagilarga nisbatan munosabatlarda ham xuddi shu jihatlaringiz juda asqotadi. Kechqurun toza havoda sayr qilish sizga bir olam shodlik va quvvat hadya etadi. Salomatligingiz ham sezilarli darajada mustahkamlana boradi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar o‘ta muhim ishlaringiz bo‘lsa, bugun xizmat safariga jo‘nashdan voz keching. Shaxsiy hayotni ham nazoratsiz qoldirish yaramaydi. Moliyaviy masalada yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolaringizni yana bir bor esga olib, ularni tuzatishga harakat qiling. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvga hozirlik ko‘ra boshlashlari kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 oktyabr kuni kayfiyatingiz yomon bo‘ladimi, yo chap yonboshingiz bilan uyqudan turgan chiqasizmi, uydagilar-u ishxonadagilar bilan arzimagan narsa uchun janjallasha boshlaysiz. Oqibatini o‘ylab ham ko‘rmaysiz. Sal qursa rahbariyatni ham tanqid ostiga olay deysiz. Kunning ikkinchi yarmida juftingiz bilan ham orangizda kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Agar o‘zingizni bosib olmasangiz, bu katta janjalga aylanib ketishi hech gap emas. Asabni asrang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar emotsiyani nazorat qila olmasangiz, ishlaringiz ham, hayotingiz ham teskarisiga keta boshlaydi. Hamkasblar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qiling. Hech qachon yengil fikrlamang. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, kun davomida salomatligingizni qat’iy nazorat ostida ushlang. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Aks holda oila a’zolaringiz bilan ham sen-menga borib qolishingiz mumkin. Moliyaviy ahvolingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 oktyabrda hayotingizda bir qator ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lishi kutiladi. Shunchalar ranjiysizki, yaqin do‘stlar bilan ham gaplashgingiz kelmaydi. Balki sizga kuzning o‘zgaruvchan havosi ta’sir qilayotgandir? U holda albatta psixolog qabuliga borishingiz lozim. Yo‘qsa, kunning ikkinchi yarmiga borib salomatligingizga ham putur yetishi turgan gap. Pul haqida o‘ylamang, uning o‘zi sizni kechqurun qidirib keladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun sizning kuningiz emasga o‘xshaydi. Negaki, erta tongdanoq ko‘ngil g‘ashligi bezovta qila boshlaydi. Kun davomida bir necha marotaba ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Afsuski, bu vaziyatlardan oson chiqib ketish juda mushkul. Bularni yengib o‘tish uchun asabingizni po‘latga aylantirish lozim. Qolaversa, o‘zingizga yoqmaydigan odamlar bezovta qilib kuydirishi mumkin. Xayriyatki, moliyaviy ahvolingiz yaxshi kechadi. Bundan tashqari, kechqurun muhabbat dengiziga sho‘ng‘ishingiz barcha g‘uborlarni yuvib ketsa ajab emas.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
24 oktyabr kuni ishlaringiz baroridan keladi. Albatta, ularni hamkasblar ko‘magisiz qoyillata olmaysiz. Muhabbatda oilasizlar aldov va xiyonat lahzalarini boshdan kechirishi ehtimoldan xoli emas. Begona hisoblangan qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan bekitiqcha muhabbat o‘yini o‘ynamang, bu sizga faqat ofat keltiradi xolos.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun yaqin o‘tmishdagi xatolaringizni tuzatish harakatida bo‘ling. Bu sizga tobora oldinga yurishda va moliyaviy mukammallikka erishishda yordam beradi. Muhabbatda go‘yo diplomat bo‘ling. Busiz juftingizning ko‘nglini ovlay olmaysiz. 24 oktyabr sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish, uy oldi-sotdisi uchun qulay kechadi. Kechqurun muhim bir inson bilan uchrashib gaplashishingiz kutiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 oktyabr kuni yaqindagina janjallashib qolgan do‘stingiz bilan yarashish yo‘llarini izlang. Ayb sizda bo‘lgan, demak, yarashish harakati ham siz tarafingizdan amalga oshirilish kerak. Shunda shubha-gumonlar, dilxiraliklar ortga chekinadi. Kun davomida kimlardir sizni noqonuniy tarzda bajariladigan xavfli ishga tortishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling, arzimagan pul deb hayotingizni zaharga aylantirmang. Kechqurun uydagilar bilan birga vaqt o‘tkazing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun barcha ishlarni chetga surib ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish bilan band bo‘ling. Ular keragicha yig‘ilib qolgan. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda sergaklikni oshiring. Immunitetni ko‘tarish uchun mevalar, vitaminlar iste’mol qiling. Sog‘lig‘ingiz masalasiga kelsak, kunning ikkinchi yarmida bosh og‘rig‘i qiynashi mumkin. Ovqatlanishda me’yorga amal qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilmoqda?..