2018 yil — Sariq it yili Buzoq burjida tavallud topganlarga cheksiz omad va’da qilmoqda. Albatta, agar ular yil talablariga itoat bilan yondashishsa yaxshilik quchoq ochishi mumkin.
Ma’lumki, buzoq burjida tavallud topganlar Venera qaramog‘ida hisoblanishadi. Shuning uchun ham 2018 yili ularni qo‘shimcha iste’dod, original g‘oyalar chetlab o‘tmaydi. Siz o‘zingiz xohlagan mashg‘ulot bilan band bo‘lishingiz mumkin. Baribir muvaffaqiyat qozonasiz.
Tadbirkorlarga yangi shartnomalar, hamkorlar, daromadlar yetarlicha hadya etiladi.
Yozga borib buzoq burjida tavallud topganlar kutilmagan daromadlarni qabul qilib olishga tayyor turishlari lozim. Lekin xayol osmoniga parvoz qilishingiz tavsiya etilmaydi. Har bir ishni aniq rejalar asosida bajarishingiz kerak bo‘ladi. Kuzga borib esa daromadlar kamayishi kutiladi. Demak, siz qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish qidirib topishingiz lozim.
2018 yili oila qurmaganlar o‘z orzusidagi insonni nihoyat uchratishadi. Faqat oraga yolg‘onlarni aralashtirmang. Oilalilarning xonadonida esa yil davomida yangi mehmon dunyoga kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
2018 yil oxiriga borib mehnat ta’tiliga chiqishingiz, dam olishingiz lozim. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazganingiz ma’qul.
2018 yili firibgarlar, hasadgo‘ylardan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Yil davomida ular sizga yaqin kelishga o‘zida jur’at topa olmaydi. It yilining o‘zi sizni firibgar, hasadgo‘ylardan asrab turadi.
Yil mobaynida ko‘ndalang bo‘ladigan jiddiy muammolarni faqat qalbingizga quloq tutgan holda bartaraf eting. Boshqalarning maslahatlari sizga foyda bermaydi.
Buzoq burjining hayotga real va xotirjam munosabatda bo‘luvchi vakillari janjallar, kelishmovchiliklarga deyarli ro‘baro‘ bo‘lmasliklari kutiladi. Sizdan omadga erishishda faqat faollik hamda uquv talab etiladi xolos. Salomatlikka ham tez-tez e’tibor berib turing. Uni pulga sotib olib bo‘lmaydi.
MUHABBATI
2018 yil sizga bir olam muhabbat, ishqiy sarguzashtlar, romantikani va’da qilmoqda. Sizni nafaqat juftingiz, sevganingiz, balki qo‘ni-qo‘shni, hamkasblar, qarindosh-urug‘ ham o‘zlarining samimiy muhabbat, mehri bilan siylashdan tiyilmaydi. Siz ham yil bo‘yi yaqin insonlar bilan masofadan turib muloqot qilishga chek qo‘ying. Ularni mehmonga chorlang, o‘zingiz mehmon bo‘lib boring. Bularning barchasi o‘sha samimiy muhabbatni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Oila qurmagan bo‘lsangiz, romantik tanishuvlar chog‘ida ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Kimni ko‘rsangiz buni taqdirning siz uchun yo‘llagan baxti deb hisoblayvermang. Aks holda muhabbatingiz emas, balki qaysidir firibgar, ikkiyuzlamachini o‘zingiz uchun juft etib tanlashingiz hech gap emas.
Buzoq burjining oilasiz vakil va vakilalari tanlagan bo‘lg‘usi baxt nafaqat sevgi, balki ishda, real hayotda ham yaqin hamkorga aylanishi mumkin. Agar shunday bo‘lib chiqsa, do‘ppini osmonga otavering. Oilangiz nafaqat baxt, balki pulga ham to‘ladi.
OILASI
Siz 2018 yili ham eski yildagidek har bir ishda yaqinlaringiz bilan bamaslahat ish tutsangiz, biling, oilangiz mustahkam bo‘ladi. Buning uchun it yili ham sizni yil davomida albatta mukofotlaydi.
Romantika, muloyim munosabatlar, ishonch, sadoqat 2018 yil bo‘yi sizning oilangizda yashab qoladi. Bolalarga, ularning o‘qishiga, tarbiyasiga jiddiy e’tibor qarating. Farzandlaringizda alohida iste’dod borligini sezib qolsangiz, ularning rivoji uchun e’tiborni ham, pulni ham ayamang. Keyin huzurini ko‘rasiz.
Juftingizning ba’zi juz’iy kamchiliklariga ko‘z yuming. Bu dunyoda faqat farishtalargina kamchiliklardan xoli. Siz bilan biz esa farishtalar emasmiz.
SALOMATLIGI
2018 yilni mustahkam sog‘liq, ko‘tarinki immunitet bilan qarshi olasiz. Shunga yarasha ruhan xotirjam, optimistlarcha fikrlashga o‘zingizni ko‘niktirsangiz, har qanday xastalik sizni chetlab o‘tishi tayin. Sog‘liq mustahkam bo‘lishi uchun ovqatlanish rejimini buzmang, ko‘proq dam oling. Har bir muammoni hazil-mutoyiba bilan hal etishga urining, sport bilan muntazam shug‘ullaning. Keksalik gashtini surayotgan bo‘lsangiz, ko‘proq piyoda yurishga e’tibor qarating.
Asabbuzarliklar, jismoniy zo‘riqishlar sizga 2018 yilda faqat muammo hadya etadi. O‘ta mehnatsevar bo‘lsangiz ham baribir dam olish masalasini unutib qo‘ymang. Tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazing.
Profilaktika masalasiga jiddiy yondashing. Yil boshidayoq to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘ying. Sabzavotlar, ko‘katlar, mevalar sizning kundalik hamrohingizga aylanishi kerak. Ana shunda salomatligingiz albatta mustahkam bo‘ladi.
MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI
2018 yil sizga yetarlicha pul va’da qilmoqda. Lekin shunga yarasha xarajatlar ham oz emas. Tejamkorlikda sizga yetadigani yo‘q. Shu odatingiz yil davomida qo‘lingizdan pul arimasligini ta’minlaydi.
Oila qurmagan do‘stlar bo‘lg‘usi juftini uchratishlari natijasidagina ko‘proq mablag‘ sarflab qo‘yishlari mumkin. Biroq bu kissangiz qurib qarzga botasiz degani emas. To‘ydan keyin «er-xotin qo‘sh ho‘kiz» degan ajoyib naqlni haqiqatga aylantirasizlar-da! Yashashdan ham maqsad shu-ku o‘zi!
Yil davomida ko‘pchilik buzoq burjida tavallud topgan do‘stlarimiz uy, mashina sotib olish, yangi uyga ko‘chib o‘tish, ro‘zg‘or uchun zamonaviy texnika vositalarini xarid qilishlari kutiladi. Ishxonada ham muhit yomon kechmaydi. Ayrimlar yuqori lavozimga ega bo‘lsa, boshqalar o‘z orzusidagi yangi ishga o‘tib, nihoyat xotirjam tortadi. Kuzga borib ba’zilarning xonadonida yangi mehmon paydo bo‘lishi kutiladi. Shu ham ancha-muncha pul xarajat qilishingizga sabab bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, buzoq burji vakillarini 2018 yil — it yilida asosan yaxshiliklar, quvonchli lahzalar, to‘kin dasturxon, ahillik, xotirjamlik, mustahkam sog‘liq kutadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi