10:03 / 26.01.2018
19 529

Suvni qanday ichish kerak? Me’yor va tanlash...

Suvni qanday ichish kerak? Me’yor va tanlash...
Inson tanasining taxminan 80 foizi suvdan tashkil topgan deyishadi, haqiqatda odam ovqatsiz bir oy yashashi mumkin lekin suvsiz yashay olmaydi. Hozir sizlarga suv tanlash, me’yor va qanday ichish kerakligi haqida gapirib beraman.

Suv tanlash

Avvalo suv tanlashga imkon qadar filtirlangan, tog‘-yon bag‘ridan yoki shifobaxsh buloqlardan olib qadoqlangan suvlarni tanlashimiz lozim. Suvni nafaqat ta’miga balki uni sizning organizmingizga ta’sirigayam e’tibor qaratish lozim. Agarda buni seza olmasangiz kimnidir qaysidir suv bilan shifo topgani haqida eshitib shu suvdan iste’mol qilishingiz mumkin.

Qaynoq suvmi yoki qaynatilmagan tirik suvmi?
Ko‘pchilik mutaxasislarimiz qaynatilgan suvni o‘lik suv deyishadi, chunki suvni qaynatganda nafaqat undagi mikroblar balki tirik mikroorganizmlar ham o‘ladi. Shu sababdan imkon qadar filtrlangan va toza suvdan iste’mol qilishni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Men esa bir necha yil qaynatilgan suv ichib keyinchalik tirik suvga o‘tganim natijasida oshqozon gostriti kasalidan xolos bo‘lganman va shundan beri qaynatilmagan suv ichib kelaman.

Suv va boshqa ichimliklar
Hech qaysi ichimlik suvni o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Ayrim ximikat aralashgan ichimliklar esa aksincha zararli ekanligini unutmasligimiz lozim. Suv qancha toza bo‘lsa u shunchalik darajada ichki organlarimizni yaxshi tozalaydi qaysidir ma’noda boshqa ichimliklar notoza suv vazifasini bajarib ichki a’zolarimizni yaxshi tozalay olmaydi.

Me’yor

Mutaxasislarning ta’kidlashicha o‘rtacha vazndagi odamlar uchun suvning me’yori 1,5-2 litrni tashkil qiladi. Umuman olganda kamida bir litr suv ichish shart deb o‘ylayman, undan kam ichilsa har xil kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Semiz yoki organizmida tuzning miqdori ko‘paygan ya’ni ko‘p tuz iste’mol qiluvchi odamlarga esa 2 litrdan ko‘proq suv ichishni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Inson oranizmi shunday shakllanganki biz qanchalik ko‘p suv ichsak shunchalik chanqaymiz yoki kundan-kunga suv ichishni kamaytirib borsak organizmimizni suvga bo‘lgan talabi pasayib boradi. Suvni kam ichish holatlari ko‘pincha kuz faslida havo salqinlanishi paytlarida kuzatiladi. Shuning uchun har kim o‘zini tanasini suvga o‘rgatib buni nazorat qilishi lozim.

Suvni qanday ichish kerak?
Avvalo har doim ish stolingizda suv bo‘lsin, suvni stolga qo‘yganda imkon qadar shafof idishda qo‘yishni tavsiya qilaman. Suvni shoshmasdan bir qultum-bir qultum qilib ichish lozim, chunki yutiladigan har bir qultum ichki organlarimizga bitta signal vazifasini bajaradi. Misol uchun biz 200 ml suvni bir martaga ichsak bitta signal, 20 martaga qultumlab ichsak 20 marta signal beriladi. Demak suvni foydalilik jihati 20 baravar ortadi. Qo‘shimcha qilib aytishim mumkinki suvni qultumlab ichganda oshqozonimizga havo kirmaydi, agar oshqozonda noqulaylik bo‘lsa qultumlab ichish bilan undagi ortiqcha gazlarni chiqarib yuborishga erishishimiz mumkin. Hiqqillashdek noqulay holatlar bo‘lganida o‘n marta kattaroq qultumlab suv ichish orqali buni bartaraf qilsa bo‘ladi. Hoziroq suvni olib qultumlab ichib ko‘ring, suvni ta’mini his qiling, suv bilan sog‘lom yuring.

Manba: usmonov.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suvni qanday ichish kerak? Me’yor va tanlash...